Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

289


Jilvasi Bahromning, ne tong, qamar davronida. 

Yo‘qsa bir tirnog‘ing o‘lmishdur xinodin la’lgun,  

Oyati keldi yadi bayzo chu ilging shonida. 

Yo‘qsa nomam safhasin bir qatra qon etti nnshon,

Qon yoshim mahzun ko‘ngul dardin sanga yozg‘onida. 

Yo‘qsa ul yuz ko‘zgusi bir qatra terdin tutti rang,

Chun quyosh tobi ayon bo‘ldi sipehr ayvonida. 

Safhai jonimg‘a, ey soqiy, tomiz bir qatra may  

Kim, o‘zin topting, ko‘ngul ne hol esa jononida. 

Orazi ul sho‘x chobukning so‘yulg‘an vajhidin,  

Yuz ming andoq zaxmdur miskin Navoiy jonida. 

568

Niholi qadding eldin jon olur nozuk xirom ichra,  

Yuz ul olg‘ancha gul barging berur shirin kalom ichra. 

Erur uryon tanimda bo‘riyoe hajr naqshidin, 

Ko‘ngul bir notavon qushkim, giriftor o‘ldi dom ichra. 

Manga ishq otashin la’ling xayoli to bishirmakdur,

Ne o‘tlarkim, tutashti jong‘a bu savdoyi xom ichra. 

Nishiman ayladi ko‘nglum qushi ko‘yungda, qayd etma,

Kabutarg‘a  kishi  qasd etmadi baytul-haram  ichra. 

Agar hayvon suyi tomizsalar hajringda og‘zimg‘a,

Berur men xastag‘a zahri halohil ta’mi kom ichra. 

Ajoyib tiyradur g‘am shomi yo dud o‘ldikim, o‘rtar

Muhabbat ahlini mehr o‘tig‘a gardun bu shom ichra. 

Bukim, Jamshidqa davron vafo ko‘rguzmayin yiqti,  

O‘qu kayfiyatinkim, yozilibtur davri jom ichra. 

Bu eski dayr chun qilmas mudom elga vafo, xush tut  

O‘zingni doim eski may bila ayshi mudom ichra. 

Deding, ko‘yida bo‘lg‘umdur Navoiy birla hamsuhbat,  

Raqib oxir ko‘p, aning birla bo‘lma bu maqom ichra. 

569

Gar quyoshtin qadrim ortug‘roqdurur shoh ollida,

Zarradin yuz qatla o‘ksukrakmen ul moh ollida. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling