Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

297


Xolingu la’ling qatilidinki, qildi tu’ma zog‘,

La’lgun aylabturur minqor ila tirnog‘ini. 

Zanbaq anda lolagun butkay, shajarlar surx bid,

Har chamang‘a bersa su qonlig‘ sirishkim yog‘ini. 

Zoe o‘ldi, ey ko‘ngul, g‘aflatdin ayyomi shabob,

Bori etma favt isyondin inobat chog‘ini. 

Ko‘r Navoiy shu’layu ohiyu emgaklik tanin,  

Ko‘rmagan bo‘lsang balo barqiyu mehnat tog‘ini. 



583

Bu bayramda qani sho‘xeki, jonim bo‘lsa qurboni  

Ki, tutsa boda rangi uylakim, qurbonilar qoni. 

Aning jomi hilol oyin, shafaq oso mayi rangin,  

Tutub ul soqiyi shirin, sumursam dam-badam oni. 

Bo‘lub ul chobuki mahvash, necha sog‘ar bila sarxush,

Minib bir tavsani abrash, chu bo‘ldi azmi maydoni. 

Tushub din ahlig‘a ofat, solib islom aro g‘orat,

Bo‘lub xalq ichra bir holatki, qolmay kimsaning joni. 

Yuzi maydin bo‘lub gul-gul, parishon har taraf kokul,  

O‘zin asrarg‘a yo‘q Ruhul aminning haddu imkoni. 

Qabaq xayli aro g‘avg‘o, namoz ahlida  ming yag‘mo,  

Duoda gunbadi miynodin oshib xalq afg‘oni. 

Zihi iqbol anga hamdastkim, iyd oqshomi payvast,  

Bu yanglig‘ chobuku sarmast aning bo‘lsa mehmoni. 

Agar iyd istasang har dam, fano zaylini tut mahkam

Ki, bir damda iki bayramg‘a uchrar soliki foniy. 

Navoiy zoru muztardur, qatil  aylarga darxurdur,

Jamoling iydi akbardur, qil oxir ani qurboni. 

584

Vahkim, yana bir mug‘bacha dinim yo‘lin urdi,  

Zuhdu vara’im xirmanini ko‘kka sovurdi. 

Mast ayladi andoqki, tushub ollig‘a boshim,

But ollida bu makr bila sajda buyurdi. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling