www.ziyouz.com kutubxonasi
296
Magarkim, yug‘rulubtur boda birla dayrining doyi.
Navoiy har maqom ichra navo ko‘rguzsa bulbuldek,
Ajab ermas, nedinkim, guldek o‘lmish yori har joyi.
581
Ko‘ngul chun sendin uzdum, shodlig‘ emdi muhol ulg‘ay,
Ochilmog‘liq uzulgan g‘unchag‘a ne ehtimol o‘lg‘ay.
Qading ham gul sochar, ham soya solur, ham xirom aylar
Ajab gar gulshani firdavs aro mundoq nihol o‘lg‘ay.
Ko‘ngul bir poybo‘s ummididin zulfungg‘a bog‘landi
Ki, topqay kom chun zulfung yururda poymol o‘lg‘ay.
Su hayvon chashmasidin, yel Masih anfosidin topsa,
Qachon to‘big‘a naxli qomatingcha e’tidol o‘lg‘ay.
Jununum ko‘yida bir tosh zaxmig‘a harif ermas,
Necha Farhod savdo tog‘ida Majnunmisol o‘lg‘ay.
Ko‘ngul birla xayoling uyla chirmalmishki, bilmonkim,
Xayoling ko‘nglum o‘lg‘ay, yo‘qsa ko‘nglum ul xayol o‘lg‘ay.
Labi la’ling mayidin rashhae topmish zaqan sari
Demakim, rangi maygun bu latofat birla xol o‘lg‘ay.
Emas mayxonaning sing‘an safoli durdidek ichsam,
Agar jomi Jam ichra Xizr suyidin zilol o‘lg‘ay.
Tut, ey soqiy, manga bir mayki, aning nash’asi yetkach,
Ko‘ngul behol bo‘lg‘ay, jong‘a har dam o‘zga hol o‘lg‘ay.
Xush ul rindiki, borg‘ay kulbadin gulshang‘a borg‘andek,
Baqo mulkiga chun dorul-fanodin intiqol o‘lg‘ay.
Navoiy, tiyrasin ahli nazar xokirahin ko‘z tut,
Sanga bu surmadin shoyad yorug‘luq ehtimol o‘lg‘ay.
582
Boda gulgul aylamish ravshan uzoring bog‘ini,
Uylakim, sochqay sabo su uzra gul yafrog‘ini.
Dur to‘la sanduq der har yon temur gulmix ila,
Ko‘rgan el ishqing to‘la ko‘ksumda har yon dog‘ini.
Ne ajab gulgun bulut bo‘lsayu andin yog‘sa qon,
Chun sovursa yel shahid etkanlaring tufrog‘ini.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |