Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

294


Birov jonu jahondin istagay do‘st

Ki, ham ozoda, ham farzona bo‘lg‘ay. 

Navoiy sensiz o‘lmay mujrim o‘lmish,

Gar olsang joninn, jurmona bo‘lg‘ay. 



577

Boshimg‘a kosh gohe yetsa raxshin sekretib mohe,  

Su bersam ko‘zlarimga xo‘yfishon ruxsoridin gohe. 

Malohat avji birla husn bo‘stonida yo‘q ravnaq,  

Qani bu bog‘ aro sarve, qani ul avj uza mohe. 

Dema oxirki, yo‘qtur ishq savdosida bir bedil,  

Ani ko‘rgilki, bormu husn bozorida dilxohe. 

Ne tong afsurdadil bo‘lsamki, to husn o‘ti o‘chmishdur,  

Ko‘nguldin dog‘i  hargiz chiqmamish bnr shu’laliq ohe. 

Ne bo‘lg‘aykim bahori husn aro ochilsa bir gulkim,  

Tushub bir barqi ishq, o‘rtansam andoqkim, pari kohe. 

Kirib ishqu muhabbat dashtig‘a, eykim, yana yonding,  

Muhiqdursen, nedinkim, topmading bu yo‘lda hamrohe. 

Navoiy bor esang ogah, salomat mulki ham xushtur,

Va lekin rahbaring bo‘lsa yo‘li qat’ida ogohe. 

578

Ul pariy savdosi men devonadin ayrilmadi,  

To meni devonayu rasvoi olam qilmadi. 

Yo‘q ko‘ngulda, har  sarimo‘yimda bir afg‘on erur  

Kim, jafosi neshi yolg‘uz ko‘ngluma sanchilmadi. 

Dedim o‘ltur  emdikim, ishqim  nihondur, ohkim,  

Qilmadi qatlim, bu ish olamg‘a to yoyilmadi. 

Xasta ushshoqig‘a rahm etti, mangg yo‘q, go‘yiyo  

Za’fdin ul xayl aro bor erkanimni bilmadi. 

Tig‘i to yetti, ko‘ngulni chok qildi, turfadur,  

Yetmayin ul nav’ su bu g‘unchag‘a, ochilmadi. 

Qoldi aytilmay nihoniy ishq sirri onchakim,

Qolmadi bir so‘zki, bu ma’ni aro aytilmadn. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling