www.ziyouz.com kutubxonasi
303
Muyassar o‘lmasa, bu to‘rt ayog‘lanib kechalar,
Tanimni itdek etib, itlari sari uzatay.
Yo‘q ersa o‘tkanida ko‘rganmen debon yuzini,
Gadoi xasta kebi ko‘yi tufrog‘ida yotay.
Muhol erur bu tamanno, visoli kim, men kim?!
Necha el chira savdo bila o‘zumni sotay.
Tanimg‘a ishqida berdim shikast, ya’ni ul o‘t,
Yorurg‘a ushbu quruq hemani dedim, ushatay.
Chu faqir ko‘yida vaslimg‘a hech o‘lturmas,
Qachong‘a xirqam uza zarq vaslasin yamatay.
Navoiy uyla ulus xonig‘a erur oshiq,
Ki, turk qullari Jo‘chidur aningu Chig‘atoy.
595
Bu shahsuvorki go‘y o‘ynamoqqa ichmish may,
Samand sursa buyon boshim ollida o‘ynay.
Magarki raxshi ayog‘indadur sabo mudg‘am
Ki, chopsa olam-olam masofat aylar tay.
Damo-dam ursam ilik rashkdin boshimg‘a, ne tong,
Tegar chu go‘yiga chavgoni zaxmi paydarpay.
Chek emdi lutf ila sarsarvashing inoninkim,
Qilibtur oyinagun yer yuzini sarsari day.
Bu fasl aro xush erur oq uy ichra boda o‘ti,
Bu o‘t yorurg‘a mug‘anniy og‘zig‘a olmoq nay.
Nimaki, aylasa, bo‘lg‘ay anga shay itloqi,
Ko‘zunga ilma, nedinkim, jahon erur loshay.
Navoiy, aylasa laylivashing azimati dasht,
Munosib o‘ldi o‘kush urdusi ulusig‘a hay.
596
Ishq orzusini qilur ul navjuvon sari,
O‘tqa solur o‘zin yana bu notavon qari.
Arz etsalarki, yor kerak yo iki jahon,
Yor aytqumdurur beri, ikki jahon nari.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |