Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

590


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

301


Dudi ohimdinmu har sari shararlar butradi,  

Yo‘qsa yel o‘tlug‘ ko‘ngullarni sochingda qo‘zg‘adi. 

Ishq dashtida ucha olmas yeridin hech qush,  

Parlarin baskim, havoda o‘tlug‘ ohim churkadi. 

Har tikankim, ildi Majnun ko‘nglakidin porae, 

Hajr ko‘ksumga tugan qo‘ymoqqa ani chirmadi. 

Bog‘ aro xat ichra og‘zingdin qizarib, sarg‘arib,

G‘uncha zangori libosi birla boshin burkadi. 

Ko‘r jununimniki, bo‘ldi telba ko‘yung itlari,

Qaysi birkim,  qovg‘ali uryon tanimni tishladi. 

Ishq naxlig‘a samar chun furqat ermish, ey rafiq,  

Ey xush ulkim, ko‘nglin avvaldin birovga bermadi. 

Ey Navoiy, o‘zgalar maqbulu sen mardud uchun,  

Yer alarni mahram aylab, seni mahrum istadi. 



591

Bo‘lsa ko‘yung tufrog‘i za’f ichra jismim bistari, 

So‘zi jismimdin aning rangi erur xokistari. 

Uyladur za’fimki, odam qilmag‘ay erdi gumon,  

Gar yo‘luqsa erdi Majnung‘a vujudum paykari. 

Dema ashkim jolasin g‘am shomi durri shabcharog‘  

Kim, erur ayni malolatdin nuhusat axtari. 

Dasht aro el  anglamas devonadurmen, yo‘qsa dev,  

Uylakim, bilmon senikim — odamisen yo pariy. 

Orazing uzra erur xo‘y kasrati daryoyi lutf,  

Nildin xoling latofat bahrining nilufari. 

Gulshani davrong‘a moyil bo‘lma, ziyrak qush esang  

Kim, tikan tori qilur har toza gulbargi tari. 

Sabzai xatting xayoli birla savdo dashtidin, 

Gar Navoiy chiqsa, tong yo‘q, Xizr erur chun rahbari. 

592

Gul emastur otashin, bulbullarin kuydurgali

Kim, libos etmish qizil ushshoqini o‘lturgali. 

Ko‘yiga insa maloyik pashsha yanglig‘, rashkdin




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling