Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

288


Erur ul gul g‘amidin sarguzashtimdin ayon xatlar,  

Hubobu mavjkim, zohir bo‘lur gulrang yoshimda. 

Yuzimda ashk siymin birla g‘am tuzdi maoshimni,  

Ne holim bor ekin zohirdurur vajhi maoshimda. 

Ko‘ngul hajr ilgining tirnog‘idin har yon xarosh o‘lg‘ay,  

Quloq solsang, erur zohir fig‘on ichra xaroshimda. 

G‘amingdin jon talashmoqdur ishim, jono, tirilgaymen  

Madad qilsang labingdin bir takallum bu taloshimda. 

Ko‘ngulga boda garchi dosh yanglig‘ soldi o‘t, lekin  

Pishurmak juz qadah savdosi yo‘qtur ushbu doshimda.

Jafo toshi meni gar ayladi tufrog‘, topmaslar  

Nazzora qilsalar harfi vafodin o‘zga toshimda.

Navoiy sihr emas, go‘yo Qalimullo asosidur, 

Bu mu’jizlarki, zohir bo‘ldi kilki nuktaposhimda. 



566

Borg‘ali shah, oyda bir may ichmadim mohim bila,  

Qoshki, bir oychiliq borg‘ay edim shohim bila. 

Shohimu mohimg‘a  mardud o‘lsam, ermas  aybkim,

Bormadim shohim bila, chun qolmadim mohim bila. 

Tiyra baxtim yo‘ldin ozdi vodiyi ishqim aro,  

Bilmon, oxir netkamen bu baxti gumrohim bila. 

Nechakim, dardim yoshursam, ishq etar bir damda fosh,  

La’lgun ashkim bila, yo tiyrafon ohim bila. 

O‘lturur sharbat, vale ranjim bo‘lur daf’, ey hakim,

Bo‘lsa ko‘nglum istagandek boda dilxohim bila. 

Dayr ko‘yida gadoyu mastmenkim, rashki bor  

Shohlarning ko‘rsalar bu ishratu johim bila. 

Ey Navoiy, dersen o‘zni saxla, ko‘rsang yorni,

Netkamen beixtiyor afg‘oni nogohim bila. 

567

Ul so‘yulg‘an bargi gul chog‘liq yuzung bo‘stonida,  

Bir qizil gul bargi butmish go‘yi oq gul yonida. 

Yo‘qsa  oyning yonida Bahrom bo‘lmish jilvagar,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling