www.ziyouz.com kutubxonasi
253
Sarsari ofat uchursa hajr ko‘yi tufrog‘in.
Charx uza ermas shihob, ul ham bir oy hijronida,
Resh qildi, tortibon ko‘ksiga axtar tirnog‘in.
Sog‘inib ko‘yungda o‘lgan itlaringni sen unut,
Men unut bo‘lg‘anni ham ul o‘lgan itlardin sog‘in.
Yo‘qki ul xurshiddin, xurshid andin kuymasun,
Derki, bir yondin solur chobuksuvorim qolpog‘in.
Ul anokim, bor edi farzandi sendek durri pok,
Yub edi erkin sadafdek lavslardin qursog‘in.
Tavbayu taqvo qarig‘an elga bo‘ldi lozima,
Ey yigit, bilgil g‘animat ishqu majnunlug‘ chog‘in.
Arsh parvoz o‘ldi kirgan jannati axloq aro,
Ey xush ulkim, topti ul xushxo‘ylig‘ning uchmog‘in.
Gar Navoiy soyir erdi hajrdin g‘am tog‘ida,
Tebrana olmas, chu hajr egniga qo‘ydi g‘am tog‘in.
498
Chu yor ko‘nglaki chokin nazzora aylarmen,
Yaqoning o‘rnig‘a ko‘ksumni pora aylarmen.
Raqib bazmida maxsus bo‘ldi, men mardud
Topib panoh yiroqtin nazzora aylarmen.
Ne anjumandaki ul bo‘ldi, el tafarruj etib,
Men elga daldalab, andin kanora aylarmen.
Chu xo‘yi nozuk erur, topmanam ilojin aning,
Qoshiga borg‘ali har necha chora aylarmen.
Ko‘runmas oxiri holida juz pushaymonlig‘,
Chu ishq tarki uchun istixora aylarmen.
Darig‘u dardki, ahbobdin biri yo‘qtur,
Necha tafakkur ilakim shumora aylarmen.
Navoiy o‘ldi aning ishqini yoshurmaqdin,
Ne bo‘lsa bo‘lsun, ani oshkora aylarmen.
499
Biravdurur manga matlub dilrabolardin
Ki, ani jonima tanlabmen ul balolardin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |