Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

249


Ruxsori ko‘zgusiga, ko‘zum mardumig‘a aks,  

Fahm ayladim biaynihi ul yuzda xolidin. 

Jonim gadolig‘ etti bir o‘pmak, vale labing

Bersa javob koshki aning savolidin. 

Ro‘yiyat chog‘i biyik daraja birla yangi oy

Ko‘rdi nazzora ahli qoshingning hilolidin. 

Zohidki, qildi mastlig‘im ayb, ayilmag‘ay,

Bir dam su ichsa, maykada sing‘an safolidin. 

Faryod ila Navoiy aning vaslin istamish,

Faryod, aning bu nav’ xayoli muholidin! 



490

Bir musofirda ko‘rub timsolini, bechoramen,

Topqali ani jahon mulki aro ovoramen. 

Dema, za’fingdin kachon ko‘z yumg‘assi, kel so‘rg‘ali

Kim, turubmen muntazir, mavqufi bir nazzoramen. 

Eyki so‘rdungkim: qachondin telbasen, andin beri

Kim, nihoni zor ul sho‘xi pariy ruxsoramen. 

Munchakim javrig‘a men to‘zdum, emasmen odame,  

Go‘yiyo tufrog‘men, zulmida balkim xoramen. 

Deb etmish: kim aning boshin ketursa, lutf etay,

Boshim olib iynak ul qotilni istay boramen. 

Dasht yo tog‘ ichra o‘lgan topqunguz bir kun meni,

Buylakim Majnun bila Farhodqa hamkoramen. 

Chun kishilikdik chiqarmishdur meni ishqu junun,  

Ey Navoiy, bas ajabdurkim, xaloyiq oramen. 

491

Uyga kelmish, deb xabarlar aytibon jononadin,  

Mast elturlar bu nav’ aldab meni mayxonadin. 

Bo‘lmasam loya’qilu mundoq libosot o‘lmasa,  

Tushmakim ayru ne mumkin sog‘aru paymonadin. 

Istamang Farhodu Majnun tavrini mendinki, xalq

Qilmamish ahli xirad rasmin talab devonadin. 

Ishq mulkida ulug‘ hangoma tuzgay ahli dard,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling