www.ziyouz.com kutubxonasi
241
Xo‘blar ushshoqig‘a jon bersalar, ul qilsa qatl,
Har sari yuzlansa ishq ahli, men aning sorimen.
Istasa el jonini, bilmon berur-bermaslarin,
Bo‘lsa yuz jon ham, anga borin berurmen borimen.
Jilva aylab mast, to ko‘nglumni oldi mug‘bacha,
Dayr piri itlari silkida xidmatkorimen.
Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey Navoiy, anglakim, jon birla minnatdorimen.
473
Yuz jafo, tong yo‘q, gar ul nomehribondin ko‘rgamen,
Kim vafo ko‘rmish biravdinkim, men andin ko‘rgamen.
Kimsa abnoyi zamondin ko‘rdimu hargiz vafo
Kim, men ul xunrezu oshubi zamondin ko‘rgamen.
Qo‘yki, itdek telba ko‘nglum necha mehnat, ey rafiq,
Har dam ul ovorayi bexonumondin ko‘rgamen.
O‘zgalar lutfin netaykim, jonima orom erur,
Javru bedodikim, ul oromi jondin ko‘rgamen.
Nozaninlar jilvagohi ichra har yon telmurur
Ko‘zlarimkim, ul sumanbarni qayondin ko‘rgamen.
Yeru ko‘knii ashku ohim saylu dudi qildi gum,
Necha ranju mehnat ul ikki yomondin ko‘rgamen.
Dema ul oy orazin ko‘rsang, urar boshingg‘a tig‘,
Har balo kelsa boshimg‘a osmondin, ko‘rgamen.
Xirqayu sajjodani qilsam fano dayrida rahn,
Ikki olam sudini mundoq ziyondin ko‘rgamen.
Ey Navoiy, so‘rmag‘ilkim, qilmag‘umdur oshkor,
Yuz nihoniy dardu mehnatkim, falondin ko‘rgamen.
474
Telba ko‘nglum javridin andoq parishonholmen
Kim, aning bedodining sharhin demakdin lolmen.
G‘am sipohi chun hujum aylar aning to‘sh-to‘shidin,
Holig‘a rahm aylabon, g‘am xaylig‘a pomolmen.
Gohi majnunvashlig‘i birla bo‘lurmen muztarib,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |