www.ziyouz.com kutubxonasi
28
53
Sahvdur to‘bi demak, ra’no niholingni ko‘rub,
Yoki jannat bog‘i gulzori jamolingni ko‘rub.
Ravzada kavsar qirog‘inda xayol ettim Bilol,
Yuz aro lab, lab uza shabrang xolingni ko‘rub.
Sog‘inur oshiqlig‘ingg‘a ro‘baro‘ kelmish quyosh,
Ko‘zguda mashshota har soat misolingni ko‘rub.
Sarvdin bulbul ne tong ram qilsa, to‘bidin malaq
Jilvai qad holatida e’tidolingni ko‘rub.
Nargising afsunu gul barging takallum ayladi,
Aqli kul topti firib, ul makru olingni ko‘rub.
Elga ishratdur yangi oy ko‘rsalar, lekin manga
Yuzlanur oshuftalig‘, mushkin hilolingni ko‘rub.
O‘lturur hijron tuni, o‘lsam ham armon qolmag‘ay,
Tushta ham bo‘lsa bir ayyomi visolingni ko‘rub.
Netting, ey soqiyki, o‘zdin bordim andoqkim, zilol
Olib ichmastin burun, jomi zilolingni ko‘rub.
Sudra ul yon, ey Navoiy, o‘zni muhlik za’f ila,
Shoyad etkay rahm ul qotil bu holingni ko‘rub.
54
Ul qo‘pub, otlang‘ali markab surub, sarxush borib,
Men boshim ochib, ayog‘ig‘a qo‘yub yuz, yolborib.
Menda xud had yo‘q, vale ollinda jon aylay fido:
Har kishi ashobidin keltursa ani qaytorib.
Bo‘ldi rokib, netti ko‘nglum uyida qilsa nuzul,
Tig‘ ilakim tortmish, ozurda ko‘ksumni yorib.
O‘z uyiga tushmakin ham bilmay o‘lgum, koshki
Borsa qatl aylab meni, jon mehnatidin qutqorib.
Vah, ne yanglig‘ sa’b emish g‘am bazmida qolmoq kishi,
Ko‘nglida orom qolmay, joni oromi borib.
Kimga davron bir ayog‘ may berdikim, bo‘ldi xalos,
So‘ngra aning yuz qadah bedodi zahrin sipqorib.
Bekas o‘lsam, ne taajjubkim, vafoda jon berib,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |