www.ziyouz.com kutubxonasi
324
Ko‘zlaring gar notavondur, sadqa vojibdur anga,
Yuz meningdek notavon har notavonning sadqasi.
Qomatu qoshing alif, nunikim, ul husn anidur,
Har malohat ahlikim, bor bo‘lsun aning sadqasi.
Qo‘zlarimning mardumi xoling savodig‘a fido,
Bog‘i umrum gulbuni sarvi ravoning sadqasi.
Qulni boshtin evurub ozod etarlar, vah, meni,
Boshtin evur, lek ozod etma, joning sadqasi.
Ting‘asen sargashtalnkdin, ey ko‘ngul, gar bo‘lg‘asen,
Mehrnbonlig‘ bobida nomehriboning sadqasi.
Bo‘lub ul gul sadqasi, holingni arz etmish sabo,
Ey Navoiy, bo‘lsa yuz joning, saboning sadqasi.
637
Tunu kun istama ohimki, mukofot chog‘i
Dam ila tiyra bo‘lur sham’ dog‘i, ko‘zgu dog‘i.
Rost bir sham’i kebidurki, to‘bi ol o‘lgay,
Ul sahi qad, yuzi tobiyu xinolig‘ ayog‘i.
Qosh uza xol biyik yerda bo‘lubtur qorovul,
Aqlu his xaylini urmoqqa qoroqchi qarog‘i.
Dudog‘ ustida aningdekki, ko‘rungay nuqta,
Xoli ostida hamul nav’ ko‘runmish dudog‘i.
Xatti jon naqdig‘a arzir, anga, vah, ne nisbat,
Sabzakim, bir diram ermastur aning bir quchog‘i.
Rishta tobi sanga qayd o‘lsa, ne sud, ey zohid,
Gar Masih ignasi birla esa xirqang yamog‘i.
Telbarab dedi Navoiyki, qilib erdi halok,
Ishq asrorini ko‘nglida nihon asramog‘i.
638
Borg‘il, ey hamdam, har yoni,
Ko‘ngluma itmish, topqil oni.
Holin so‘rg‘il, ul ham so‘rsa,
Dekim, yo‘qtur sensiz joni.
Istid’o aylab yondurg‘il,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |