Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
359
Shukrkim, behad erur yaxshilig‘ing, Andin ortuq dog‘i yaxshi qilig‘ing. Hojat ermas sanga bu yanglig‘ pand Kim, sanga pand elidur hojatmand. Ham bu yanglig‘kn, shior aylabsen, Xalqnn xulqungga zor aylabsen. Tengri qilsun senga tavfiq rafiq, Ham qilur ishta rafiqing tavfiq. Shahg‘a sensen chu rafiqi joni, Bir-biringizga bo‘lung arzoni. XIX Soqiyo, tut qadahi sultoniy, Ichida rohi aning rayhoniy. Kim, ani ichsa gadoyi muhtoj, Bo‘lg‘ay ollida gado sohibi toj. Masti ollida gar aflok o‘lg‘ay Past ul naviki, xoshok o‘lg‘ay. Tut angakim, ishi bo‘ldi tamkin, Oti sulton, o‘zi darvish oyin. Himmati rif’ati aflok sifat, Nafsining pastlig‘i xok sifat. Rif’at ahlig‘a zabardast kelib, Xokvashlar qoshida past kelib. Chun aning komig‘a yetkay bu qadah, Nash’asidinki, ayon bo‘lsa farah. Aytkim, shukrg‘a bo‘lg‘il moyil, Tengridin bir nafas o‘lma g‘ofil. Kim, seni faqrg‘a moyil qildi, Faqr atvorig‘a qobil qildi. Shoh darveshvash ersa, shahdur, Shohu darvesh ishidin ogahdur.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 360
Ulki, bu qoida mumtozi erur, Shohlar shohi Abulg‘ozi erur. Qildi bu shohni taqdir sanga, Ham shahu ham ato, ham pir sanga. Atoyu piring erur shohi zamon, Og‘oyu qardoshu maxduming xon. Ikkisi xidmatidin xushhol o‘l, Tengriga ahliyat bu xidmat bila yo‘l. XX Soqiyo, jomi Kayoniy keltur, Quti arbobi maoniy keltur. Bodai lam’asi andoq ravshan Ki, ko‘ngul hujrasida qilsa vatan. Necha yoshunsa xayol abkori, Zohir o‘lg‘ay barining ruxsori. Qayda ul shohvashi ravshan roy Ki, bo‘lub davlat ila bazmoroy. Ani tut xidmatida hurmat ila, So‘ngra arz ayla bu so‘z xidmat ila. K-ey sharaf avjida mehri iqbol, Bog‘i davlat aro farxunda nihol. Shahlig‘ Odamg‘acha zotingg‘a nasab, Odam avlodida yo‘q sencha hasab. Tengri onchaki sanga berdi kamol, Ayla loyiq bu kamolingg‘a xisol. Fazl kasbig‘a ko‘p o‘lg‘il mashg‘ul, Topmasun yo‘l vale ollingda fuzul. Seni haq ayladi chun gavhari pok, Poklar suhbatidin aylama bok. Poklar hodiyi rohing bo‘lsun, Qodiri pok panohing bo‘lsun.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling