Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

356


Bo‘lsun uchmoq aro haqdin mag‘fur,  

Otasi Boyqaro ibn Mansur. 



XVI

Soqiyo, jomi jahonbin olg‘il,  

Ichiga bodai rangin solg‘il. 

Jomi Jam hay’atining mazhari o‘l, 

Balki oyinai Iskandari o‘l. 

Kishiga qayg‘udin o‘lsa zulmot,  

Jur’asi bo‘lg‘ay aning obi hayot. 

Sa’y qil, Xizr suyi to‘lsun anga,  

Chun ichar, obi hayot o‘lsun anga. 

Otoyu og‘osig‘a hayyi mubin,  

Ravzai xuld aro bersun taskin. 

XVII

Soqiyo, tut qadahi aqlzado,  

Kim anga yuz xiradu aql fido. 

Qatrai qilsa kuhan pir ani no‘sh,  

Navjuvon o‘lg‘ay, etib jo‘shu xurush. 

Tut angakim, erur ish ogohi,  

Mafxari dudai Mironshohi. 

Deyki, ey xisravi gardun rif’at,

Ne qolur saltanatu ne shavkat. 

Shahri Xay, mulku hashamni ko‘rdung,  

Sen dog‘i mulku hasham ko‘p surdung. 

Anglading shoxlig‘ ahvolini ham,  

Kuragon taxtiyu iqbolini ham. 

Barcha shahlarg‘a ato o‘ring‘asen,

Yo jadi komravo o‘rnig‘asen. 

Sanga oliy boridin martaba ham,

Yana ko‘prak baridin tajriba ham. 

Ayta olmon sanga, ey donishvar  

Kim, bor erdi shah ila har kishvar. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

357


Ayt, ul shohi falak joh qani?!

Yo‘qsa Bahmonu falon shoh qani?! 

Lek dermen qani ul ko‘zunga nur,

Jismnnga quvvatu ko‘nglungga surur. 

Saltanat bog‘ida sarvi gulchehr,

Makramat avji uza raxshon mehr. 

Ilm aflokida bir jis mahal,  

Barcha ashkol o‘lum olida hal. 

Nazmu nasrig‘a Utorud maftun,  

Har savol etsa, javobida zabun. 

Shahlig‘u ilmu yigitlik chog‘i,

Foniyu so‘fiyu solik dog‘i. 

Vasfi te’dod ila sondin ortuq,  

Har nekim, aytsam, andin ortuq. 

Buyla ofoq ahli nodirasin,  

Ilmu faqr ahli sharifu sarasin. 

Ko‘rki, afloki taaddi pesha,  

Charxi badmehr, xilof andisha. 

Qora tufroqqa nachuk qildi nihon  

Ki, qorardi manga hajrida jahon. 

Qani ul mehri jahontob oxir!  

Qani ul gavhari noyob oxir! 

Charxdin ko‘p kishi ko‘rdi bedod,  

Buyla bedod kishi ko‘rmas yod. 

Har necha davr vafo etgusidur,  

Anga nettiki, sanga etgusidur. 

Chun budur davr, necha kun xush bo‘l,

Bebaqo davrda foniyvash bo‘l. 

O‘zgalar pandig‘a bergil payvand,  

Yo‘qsa bastur sanga bu voqia pand. 




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling