Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

350


Shohi Jam qadr zamon ichra badi’,  

Har badi’ ishta makon ichra rafi’. 

«Xamsa» ichraki, anga har bir harf  

Bahr erur, zimnida yuz durri shigarf. 

Dostonlarki, nigorish qildim,  

Aning otig‘a guzorish qildim. 

Ayladim pand tariqida g‘ulu,  

Yuz tuman foydalardin mamlu. 

Yed tutmish edi shahzoda barin,  

Bilib erdi shahi ozoda barin. 

Onsizin pand anga hojat emas,  

Aqli kull ollida el pand demas. 

Qaydakim, bo‘lsa xudo yori aning,  

Poklar ruhi madadkori aning. 

Kosh ayyomi visolin ko‘rsam,  

Yana bir qatla jamolin ko‘rsam. 



III

Soqiyo bodai mastona ketur,  

Dayrdin bodaparastona ketur. 

Uyla maykim, chu ko‘rub bodaparast,  

Ichkucha atridin o‘lg‘ay sarmast. 

Nash’ai baxsh uylaki ohangi «Iroq»,  

Talx ul nav’ki, xunobi firoq. 

Mutribo, sen dog‘i ohange tuz  

Lahnida rangi Husayni ko‘rguz. 

Ham Husayni so‘zidin rangi g‘arib,

Ham g‘aribi damidin bayti ajib. 

Soz aylab, meni ham shod aylang,  

Bir nafas qayg‘udin ozod aylang. 

Shohlar nodiri atvor ichra,

Nuktayu diqqatu ash’or ichra. 

Qildi chun tengri muloyim ani,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

351


Asradik hifzida doim ani. 

Ruhparvar so‘zi bo‘lsun o‘zidek,  

Ruhgustar o‘zi bo‘lsun so‘zidek. 

IV

Soqiyo, tut qadahi molomol,  

Rangi xunob sirishkimdek ol. 

Poklar ishqi kebi nash’asi tez,  

Sho‘xlar husni kebi sho‘rangez. 

Qatrasi la’l vale rummoni,

Qaysn rummon, degil ardistoni. 

Manga berkim, chu ani qilsam no‘sh,  

Zoyil o‘lsun xiradu donishu hush. 

So‘ngra ul koni latofatqa tutay,  

Qurratul-ayn xilofatqa tutay. 

Ul dog‘i ichtiku hushxol o‘ldik,

G‘amu mehnat anga pomol o‘ldik. 

Tokim ul boda bila topqach kom,  

Har taraf azm etibon qilsa xirom. 

Har nekim komi muyassar bo‘lsun,  

Barcha a’dog‘a muzaffar bo‘lsun. 

V

Soqiyo boda ketur yoquti,

Ruhning quvvati, jonning quti. 

Ta’m anga sharbati hijron yanglig‘,  

Lavn anga la’li Badaxshon yanglig‘. 

Lojuvardi qadah ichra ani sol,  

Charxi miynoda shafaq ayla xayol. 

Boqibon qubbatul islom sari,

Ichusun ushbu g‘am oshom sari. 

Ulki Haydar otidur, xulqi hasan,  

Har nekim qilsa, bari mustahsan. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling