Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
363
Soqiyo, jomg‘a quy maydin sayl,
Mayi xurshidu aning jomi Suhayl.
Yo‘q Suhayliki, bo‘yar xoroni,
Ulki gulrang qilur siymoni.
Kim, Suhayli saridur zor ko‘ngul,
Qo‘p tilar suhbatin afgor ko‘ngul.
Topmasam o‘zni visoli birla,
No‘sh etay ani xayoli birla.
Ochmasam sham’i jamoli bila ko‘z,
Ham xayoli bila aytay necha so‘z.
K-ey jahon xalqi aro zoti nafis,
Zotinga fazlu adab ikki anis.
Durri nazming suyi ul nav’ ravon
Ki, oqib suftidin obi hayvon.
Sensen ulkim, yana yo‘q sen kebi zot,
Naqdi ma’ni bila farxunda sifot.
Seni qildi falaki gardanda
Dahr aro bir garavi arzanda.
Sen edingkim, manga damsoz erding,
Har nihon nuktada hamroz erding.
Zulmlarkim, manga bu charxi dani
Qildi, qaydin topay ayturg‘a sani.
Kim biri bu edikim, soldi yiroq
Seni, bag‘rimg‘a qo‘yub dog‘i firoq.
Manga gar dardu g‘am anbuh o‘ldi,
Qismatim g‘ussayu anduh o‘ldi.
Sen falak mehnatidin shod o‘lg‘il,
Dahr bedodidin ozod o‘lg‘il.
Olami huzn aro bo‘lma g‘amda,
O‘zni xush tut necha kun olamda.
Kimki, nazm ichra guharrez o‘ldi,
Nuktasi mu’jiza angez o‘ldi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: