www.ziyouz.com kutubxonasi
365
Madh uslubi edi beravnaq,
Bal chiqib erdi arodin mutlaq.
Har qasidaki, tuzatti raqaming,
Yo savodin raqam etti qalaming.
Bo‘ldi ma’ni yuzidin bir olam,
Ul savod anda savodi a’zam.
Angakim, xoma guharbor o‘lg‘ay,
Hayfkim, buxl ila bekor o‘lg‘ay.
Kam demak so‘zni hunar keldi mudom,
Sanga lekin bu erur aybi tamom.
XXIV
Soqiyo, tut qadahi oyinarang
Ki, ko‘ngul ko‘zgusidin ochqay zang.
Boda gulrangu qadah oyinafom,
Suyu may mazjini fahm etkay kom.
Tokim, ul jomi maoniy birla
Surayin harf bayoni birla.
Ey Bayoniy, bil o‘z ollingda ayon,
Nuktakim, aylagum ollingda bayon.
Muni anglaki, azalda ma’bud
Hech shay qilmag‘anida mavjud.
Ruhdin tang‘a xabar yo‘q erdi,
Ofarinishdin asar yo‘q erdi.
Yetti iqlim ila to‘qquz gardun,
Balki bu dabdabai kunfayakun,
Bo‘lg‘anidin sen eding barcha g‘araz
Kim, yaratilmadi zotingg‘a evaz.
Ul amonatki, yeru ko‘k bila tog‘
Hamlig‘a to‘zmadi arz etkan chog‘.
Bu og‘ir yukka sen erding homil,
Sirru rozig‘a aminu komil.
Mungavu buyla base diqqat aro,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |