Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

374


Avlo uldurki, bu so‘zdin kechsam,  

May o‘zum tutsam, o‘zum-o‘q ichsam. 

Yo‘q vafo ahliki, bir jomi vafo,

Tutsa, qilmay manga bedodu jafo. 

Shomi aysh o‘zni o‘zum mast qilay,  

Subhi mahsharg‘acha bexud yiqilay. 



XXX

Soqiyo, do‘stlug‘e ko‘rguzgil,  

Do‘stga ne qadahe yetkuzgil. 

Kim, kirar do‘stlarim yodimg‘a,

O‘t solur xotiri noshodimg‘a. 

Chektilar barcha jamol uzra niqob,

Uylakim, mehr jamolig‘a sahob. 

Birisi piri Muammoyi edi

Kim, haram bodiyapaymoyi edi. 

Yana biri nag‘mazani sohibi hol,

Ham aning hamqadami Xoja Kamol. 

Mir Sadr o‘zni tutub ahli vifoq,  

Lek ko‘p erdi badi’nda nifoq. 

Yor Tanbal edi sofu beg‘ash, 

Zoti xush, hayoti xush, nuktasi xush. 

Yana bir olimi Sabzoriy edi  

Kim, maoniy durri guftori edi. 

Har biri o‘z tavrida beshibhu nazir

Bordilar barcha — ne aylay tadbir. 

Bo‘layin yodlari birlan mast,

Yana to kimsaga bo‘lmay pobast. 

XXXI

Soqiyo, ayla to‘la paymona,  

Manga tutqil qadahi shukrona. 

Bodakim, shikvani qilg‘ay zoyil,  

Tilni haq shukriga etkay qoyil. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

375


Nutqning garchi shikoyat deri bor,  

Shukrdin dog‘i hikoyat yeri bor. 

Kim, agar bordilar andoq ashob,  

Yana jam’i ham erurlar ahbob. 

Birisi Mir Atoyi yanglig‘,

Biri darvish Fanoyi yanglig‘. 

Ul biri ilm sipehri uza mehr,  

Bu biri fazl quyoshig‘a sipehr. 

Ixtiyor ulki, erur nozuk tab’,  

Lutf maydoni aro chobuk tab’. 

Osafiy ulki, ne nazm etsa raqam,  

Qiymati mulki Sulaymondur kam. 

Yana bir keldi Binoiyki funun,

Kasbida aylamadi man’i junun. 

Yana bir dardu g‘amim ogohi,  

Hamdamim, yor ziyoratgohi. 

Yana bir Mashhadiy — ul dahrda toq,  

Pok tahriru karimul axloq. 

Bir shafi’duru ul pok sifot

Kim, muammoda chiqarmishdur ot. 

Birisi shoribi jomi tahqiq,

Munisu rahbaru g‘amxoru rafiq. 

Yana devonai Kotibi, xayol 

Tushsa, har g‘amg‘a qilur daf’i malol. 

Yana ham bir nechadurlarki, olloh  

Lutf ila barchadin o‘lsun ogoh. 

O‘zgasin qilmadim andin mazkur,  

Ki, «Majolis»da erurlar mastur. 

Gar alar tutti esa dashti adam,

Shukr, bu xayl erurlar hamdam. 

Shukr, ne’matqa chu hamdast bo‘lay,  

Jomi shukrona ichib mast bo‘lay. 




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling