www.ziyouz.com kutubxonasi
376
Dardi hijron esa yo sofi visol,
Har sabab birla bo‘layin behol.
XXXII
Soqiyo, bazm ishidin bo‘ldi farog‘,
Tutqil emdi manga otlanur ayog‘.
Boda gulgunini sol maydong‘a,
Meni mastona ketur javlong‘a.
To tutay dayri fano jonibi,
Yo‘l yo‘lda gah yeng solayin, gohi qo‘l.
To fano dayri fazosig‘a kiray,
Rindlar bazmi arosig‘a kiray.
Barchaning xidmatida yer o‘payin,
Ichurub jomi mug‘ona, qo‘payin.
Men dog‘i jom chekib molomol,
Aylabon o‘zni alardek xushhol.
To bo‘lub dayri fano ahli mast,
Menu mendek yana yuz bodaparast.
Shohlar shohu sarafrozi uchun,
Rindlar shohi Abulg‘ozi uchun.
Ul ko‘han dayr gadoyi boshlig‘,
Ya’ni oshufta Navoiy boshlig‘.
Masti ohangi navoyi qiloli,
Be riyo barcha duoi qiloli.
Kim, falak jomig‘a to bo‘lg‘ay sayr,
Jom davrin tilagay zumrai dayr.
Umri shaqliq aro boqiy bo‘lsun,
Shohlar bazmida soqiy bo‘lsun.
Avji xurshidi maqom o‘lsun anga,
Jomi Jamshid mudom o‘lsun anga.
Toki insong‘a hayot imkoni
Bo‘lg‘usi, bo‘lsun aning davroni.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
377
Ham duogo‘yi aning ahli yaqin,
Ham maloyika degaylar omin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |