2
Nabi shar’ig‘a topmoq istiqomat
Erur solikka mushkilrok karomat.
3
Tama’ etma, ko‘p o‘lsa el moli,
Ko‘rmayin haq xazinasin holi.
4
Yetar chu rizqing, agar xoradur va gar yoqut,
O‘zungga yuklama anduh tog‘in, istab qut.
5
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo‘q.
6
Takalluf erur tang‘a farsudaliq,
Aning tarkidur jong‘a osudaliq.
7
Muzavvir makri bo‘ldi mujibi qayd,
Nechukkim, tulku la’bi boisi sayd.
8
Qotiq el jismidin anbarlar olmay naqd emas vosil
Ki, tog‘ni pora-pora qilmayin, la’l o‘lmadi hosil.
9
Ko‘k bahridin yana tama’ kom tutmayin
Qim, qatra su tomizmas, el og‘zin qurutmayin.
10
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
392
Tindurur boyu jig‘oyni hokimi ravshan zamir,
Yorutur obod ila vayronani mehri munir.
Do'stlaringiz bilan baham: |