Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

50

Ne shiddat o‘lsa ayon qil talab so‘ngincha faraj. 



Navoiy, ista  mazohirda  chehrai  maqsud,

Arab va gar chig‘atoy, yo‘qsa turkmanu xalaj. 



94

Ishq bemorig‘a yo‘q eldin davog‘a ehtiyoj  

Yo‘q o‘lukka juz visoli jonfizog‘a ehtiyoj. 

Bog‘i vasli atri jonimdur, dam urma, ey Masih  

Kim, manga voqi’durur bodi sabog‘a ehtiyoj. 

Xoki poyingkim erur ko‘hl ul-javohir, topsa ko‘z,

Hargiz o‘zga zohir etmas to‘tiyog‘a ehtiyoj. 

Ishq chun begona qildi oshnolardin meni,  

Yo‘q manga begona birla oshnog‘a ehtiyoj. 

Har ne qilsang ko‘ngluma xushtur, erur sandin manga  

Ham vafog‘a ehtiyoju ham jafog‘a ehtiyoj. 

Uylakim yo‘qtur gadog‘a ehtiyoji shohning,  

Shohdin yo‘q ishq ko‘yida gadoga ehtiyoj. 

Ehtiyojimni ulusdin uz, xudoyo, faqr ila  

Uyla faqrkim, anga bo‘lmas xudog‘a ehtiyoj. 

Olam ahlidin vafo muhtoji bo‘lmakim, alar  

Ham chekarlar bu mato’i bebahog‘a ehtiyoj. 

Dedim: Ey gulruh, Navoiyg‘a navo yetkur,— dedi:  

Kim ko‘rubtur ko‘rganin bulbul navog‘a ehtiyoj. 

95

Siym agar jon naqdidur aylarda har miqdor xarj,  

Yorg‘a xarj o‘lsa yoxud qilsa ani yor xarj. 

Naqddin bisyoru oz har neki kirgay ilgima,  

Xushturur ulkim men oz, ul aylagay bisyor xarj. 

Yor mehmonim bo‘lur, men oshiqu muflis netay

Gar  hayotim  naqdidur, qilmaq kerak nochor xarj. 

Ganj agar topsam meni devonavash vayron aro,  

Aylaram laylivashimg‘a ani majnunvor xarj. 

Ko‘zlari jonu ko‘ngul naqdin olib, sarf ettilar,

Aylagandek ahli din amvolini kuffor xarj. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

51

Ishqida boru yo‘qum xarj o‘ldiyu iflosdin  



Ma’rifat aylarmen emdi, chun kelur dildor xarj. 

Istasang xirqam sotib, may olsam avval, boda tut,  

Ey harif, o‘lmastur ani aylamak hushyor xarj. 

Dayr piri gar desa: boru yo‘qungni o‘tqa sol,

Yo‘q esa qilma yo‘qu boringni behanjor xarj. 

Ishq ko‘yida Navoiy sochsa dog‘idin qora,  

Uyladurkim, muhtasham el aylagay dinor xarj. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling