Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


SYe HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

SYe HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «FAVOYID»DIN 

89

Ko‘ngulda zulm bila qilma yuz bino ihdos,  

Chu qilding, ushbu yetar, qilmag‘il yana ihdos. 

Jafo binosini buzg‘il, nedinki muhdis erur,  

Xilof shar’i bino qilding avvalo ihdos. 

Gar elga qasri tarab tuzdi ishq me’mori,

Netayki, qildi manga kulbai ano ihdos. 

Fig‘onkn, ul buti banno base jafo tarhin  

Ko‘ngulda qildi hanuz o‘lmay oshno ihdos. 

Meni chu buzdi, ne osig‘ki, xalq uchun qilg‘ay  

Visol ganji uchun maxzani g‘ino ihdos. 

Chu yor vasli tilarsen, vujud uyini buzub,  

Ko‘ngul harimida qil mahrami fano ihdos. 

Navoiyo, dema ihdos qilding o‘zluk uyin,

Men aytgan o‘lsam ani, tavba rabbano ihdos. 

90

Bo‘ldi bexudlug‘uma bodai gulgun bois,

Ani no‘sh aylagali soqiyi mavzun bois. 

Buki, laylivashim ollida fido qildim jon,

Bo‘ldi bu qissag‘a  afsonai Majnun bois. 

Dard tog‘in qozorim tirnog‘ ila Shirindur,

Lek bo‘ldi manga Farhodi jingarxun bois. 

O‘lturur xolu xatu qoshu ko‘zu g‘amzasi ham,  

Bor anga qatlima andozadan afzun bois. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

48

Ishq dashtida yugursam, ajab ermaski, erur



Telbaga po‘ya uchun vus’ati homun bois. 

Ko‘zlarim yoshinikim Qulzumu Ummon etdim,  

Mojarosig‘a edi Dajlayu Jayxun bois. 

Dema: ko‘yida ul oyning nega sargardonsen,  

Bo‘ldi bu mehnatima gardishi gardun bois. 

Nafsi   nahsiyatidin  chiqqay,  angakim bo‘lg‘ay  

Toli’ sa’d bila baxti humoyun bois

Gar Navoiy esa mug‘ dayrida rasvo, tong emas,

Ne uchun bo‘lmasun omodadurur chun bois. 

91

Borib Yusuf jamoli naqdig‘a jonon erur voris,  

Nachukkim, piri Kan’ong‘a mahi Kan’on erur voris. 

Libos erdi quyun Majnung‘a, chun ul dashtdin chiqti,  

Aning to‘nig‘a bu majnuni sargardon erur voris. 

Chu men o‘ldum, g‘amim ul husn shohi gar yesa, g‘am yo‘q  

Ki, bekaslar o‘lub, nekim qolur, sulton erur voris. 

Ko‘ngul foniy bo‘lub, qonim duri ashkim qabul etti,

Yatim ar yosh esa ham, ne qolur pinhon, erur voris. 

Uyaqti chun quyosh, ul oyg‘a qoldi dahr yorutmaq,

Chu bordi mehri davron, ofati davron erur voris. 

Men o‘lsam, ishq naqdi xud erur ko‘nglumga mavrusi,  

Kishi farzandi garchi bo‘lsa besomon, erur voris. 

Nekim to‘qquz anoyu to‘rt atodin fitnayu ofat, 

Bo‘lur voqi’, anga ul ofati fatton erur voris. 

Ulug‘lardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil,  

Nedinkim, anbiyog‘a ilmliq inson erur voris. 

Navoiy ko‘nglin olib, tig‘ surgan jonni ham oldik  

Ki, joni naqdig‘a ham ko‘nglini olg‘an erur voris. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling