Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

81


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

43

Ey  ko‘ngul, ko‘yida ahvolimni jononimg‘a  ayt,  



O‘lmakimni  mehnati hijronida jonimg‘a  ayt. 

Oh dudi, ashk qoni, nola maddi rif’atin

Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimg‘a ayt. 

Ishqining yuz  ming balosinkim yoshurdum xalqdin,  

Yig‘labon ul voqifi asrori pinhonimg‘a ayt. 

Eyki,  ko‘rdung ko‘yida  ko‘nglumni ishq etgan xarob,  

Xonumonimnn   aloxonu  alomonimg‘a  ayt. 

Telbarab tandin libosi ofiyatni tashlabon,

Dasht tutqan holni Majnuni uryonimg‘a ayt. 

Bo‘lma dersen, nosiho, husn ahlig‘a hayronu zor,

Mendin o‘tkil, ko‘ngul otlig‘ zori hayronimg‘a ayt. 

Va’dasi ummididin bukim Navoiy berdi jon,  

Ey sabo, Iso nafaslik ahdi yolg‘onimg‘a ayt. 

82

Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg‘a o‘t,  

Qayda qo‘yg‘ay solmayin jinsi bani odamg‘a o‘t. 

Charx uza xurshid emaskim, bir quyosh hijronidin  

Shu’lai ohim solibtur bu biyik toramg‘a o‘t. 

Bazm aro qo‘ymang meni, ey ishrat ahli, zinhor  

Kim, g‘amim barqi solur yuz xotiri xurramg‘a o‘t. 

Har damim bir o‘tlug‘ oh o‘lsa, taajjub qilmangiz,

Hajr so‘zidin tutashibtur bu issig‘ damg‘a o‘t. 

Zulfi sohirdurki, o‘tluq orazi uzra tushub,  

Solmadi yuz shu’lasi ul turrai purxamg‘a o‘t. 

Ko‘kta ul shakli mudavvarkim, ko‘rubsen, shu’laliq,  

Tushmish ul yuz lam’asidin nayyiri a’zamg‘a o‘t. 

Zaxmlig‘ ko‘nglum o‘tig‘a marham etmas naf’kim,

Yaradin  momuqqa,  momuqdin tushar  marhamg‘a o‘t. 

Dayr ichinda durd ichar sing‘am safolim rashkidin,  

Otashin may lam’asidin tushtn jomi Jamg‘a o‘t. 

Hajr so‘zidin degan nazming, Navoiy buylakim, 

Tutti olamni ajab gar solmag‘ay olamg‘a o‘t.



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling