Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

39

Jon olurg‘a bir taraf kelmak emish ul qotil,



Solma, ey jon, ani zaxmatqayu chiq olliga bot. 

Eyki, hayvon suyi ichkung, tilabon umri abad,  

Tilasang umrni xush, jur’ai may ham anga qot. 

Bog‘bono, gulu sarving saridin so‘z dema ko‘p,  

Birisin sarvi gulandomima bare o‘xshot. 

Raz qizi zarfini, zohid, ko‘p ushatma, er esang,  

O‘z butungniyu mening but kebi tavbamni ushot. 

Xalqdin har yaramas kelsa, xush ulkim, haqg‘a  

Desa bo‘lmas, mening uchun yana bir xalq yarot. 

Ey Navoiy, chu gadosen, senu bir lo‘livash,

Shahg‘a mirzoyu mirak, xong‘a qiyotu qo‘ng‘rot. 

74

Gulga farxunda jamolingdin uyat,

Sarvg‘a toza niholingdin uyat. 

Sabzai ravzag‘a xattingdin rashk,

Mardumi diydag‘a xolingdin uyat. 

Yangi oy nega nazardin yoshunur,

Bo‘lmasa anga hilolingdin uyat?! 

Nega zulmatqa inar Xizr suyi,  

Topmasa no‘shi zilolingdin uyat! 

Zy ko‘ngul, holinga Majnun uyalur,  

Sanga yo‘qturmu bu holingdin uyat?! 

Sabza xatlar g‘amidin qilding man’,

Yo‘qmu, ey shayx, saqolingdin uyat! 

Ey, Navoiy, qilasen vasl xayol,

Bilki, topqung bu xayolingdin uyat. 

75

Qaydi zulfini, chu, yor ayladi zanjiri irodat,

Tushti har halqasidin bo‘ynuma bir tavqi saodat. 

Xastalig‘ davlatidin so‘rg‘ali kelding boshim uza,  

Za’f uchun jon beruram, gar sen esang ahli iyodat. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling