Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


PYe HARFINING PARIYVAShLARINING PARVOZI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

PYe HARFINING PARIYVAShLARINING PARVOZI «FAVOYID»DIN 

67

Bu aqshom holima  sham’ o‘rtanib, parvona andin ko‘p,  

Chamanda otashin gul, bulbuli devona andin ko‘p. 

Itibmen gard aro, vayronim ichra, baski, boshimg‘a  

Falak ko‘p yog‘durur gardi fano, vayrona andin ko‘p. 

Emas anjum, qazo ko‘k mazra’ida sochti g‘am tuxmin,

Vale to‘kti ko‘zum g‘am shomi mundoq dona andin ko‘p. 

Ne mufrit sa’b holim bori hijron ichra kim ko‘rgach,

Topar andin malolat oshno, begona andin ko‘p. 

Ne qottiq hajr erur jonimg‘akim, sayru sukun vaqti

Chaman gashti halok aylar buzug‘ koshona andin ko‘p. 

Agar oshiqlig‘im jurm erdi, o‘ltur, solma hijrong‘a,

Ko‘p o‘lsa jurm xud ermas ravo, jurmona andin ko‘p. 

Fano mayxonasig‘a sol meni, ey rindi orifkim,  

G‘amimni  o‘ksutur dayri  fano,  mayxona  andin ko‘p. 

Jahonda faqr kasb et, mayl ko‘p qilma g‘ino sari  

Ki, mundin oz etibdur orzu farzona andin ko‘p. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

36

Navoiy ohi tun-kun bulbulu parvonani o‘rtar  



Ki, ishq o‘tini da’vo qilmag‘aylar yona andin ko‘p. 

68

Nukta ko‘p surdung, zamone la’li jonparvarni yop,

Kuydi jonlar, bir nafas ul la’lgun axgarni yop. 

Qo‘zg‘oding olamni ochib chehra, elga rahm qil,  

Shomgun zulf ochib, ul ruxsori mahpaykarni yop. 

Boxtarg‘a solding o‘t, ey oftobi xovari,  

Istasangkim boxtar ting‘ay, mahi xovarni yop. 

La’li jonbaxshing sari  mayl ettilar jonlar qushi,

Ul chibinlardin amon istar esang, shakkarni yop. 

Fitna soldi olam ahlig‘a qulog‘ing gavhari,

Xalq taskini uchun ul fitnalik axtarni yop. 

Anbaru kofuri shomu subhning bo‘ldi xijil,

Orazing kofuri uzra zulfdin  anbarni yop. 

Soqiyo, sovurdi ohim sarsari davron yuzin,  

Bodano‘shum, dam-badam kim ichsa may, sog‘arni yop. 

Ishq sirrin kimsa tahrir etmadi, taqrir ham,  

Ey mudarris, dema ko‘p afsonayu daftarni yop. 

Ey  Navoiy, ko‘nglung o‘ti olam ichra soldi o‘rt,  

Elni kuydurdung, dame ul shu’laliq ozarnn yop. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling