Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
59 Armanidur go‘yiyo ul sho‘x kofur turkmon Kim, yetar din mulkiga kofur ko‘zi yag‘mosi cho‘x. Dilrabolig‘ning libosi cho‘xasidur go‘yiyo, Kim ani kiygach, ko‘ngul olur qadi ra’nosi cho‘x. Qiymati ajnosdin chun shadda bog‘lar haft rang, Husni bozori aro zohir bo‘lur kolosi cho‘x. Sollonib chun jilva aylar, xalqni vola qilur, Ham qadi ra’nosi, ham andomi ruhafzosi cho‘x. La’lidin kom nstaram, ne chora, yetsa ko‘ngluma Kirpikining nayzasidin zaxm ila izosi cho‘x. Bas bahodirvash erur, lekin muloyim ham erur Kim, Navoiy ko‘ngliga tushmish aning vasvosi cho‘x.
Dema, bir o‘pmak ne erkin la’lidin jonong‘a narx, Ne so‘rarsen, angla, bir misqoli yuz ming jong‘a narx. Kom pinhon og‘zidin topmoqqa ko‘p so‘rmang baho: Kimsa ta’yin aylamaydur javhari pinhong‘a narx Har kun ul yuz qiymati tag‘yir topsa ayb emas: Ikki kun bir nav’ bo‘lmaydur guli bo‘stong‘a narx. Husn bozorida men bo‘ldum ul oyg‘a mushtari, Kim muqarrar aylagay oyo mahi tobong‘a narx. Xudfurush o‘ldi ul oy, oyo, qayondin topqamen Anikim, qildi muayyan Yusufi Kan’ong‘a narx. Kim mening ko‘nglum xaridoridurur, bir lutf bas, Naqd hojat ermas, oxir istasang vayrong‘a narx. Ey Navoiy, ul quyosh qursi bahosin so‘rmag‘il, Sen gadog‘a avlo ul bo‘glg‘ayki, so‘rsang nong‘a narx.
Qaddu ruxsorig‘a yo‘q gulshanda bir monand shox, Kim sapidor uzra guldin aylamish payvand shox. Bog‘i hajr ashjori shoxidin tutay sayli sirishk Kim, ulug‘ savdo keraktur bog‘lamoqqa band shox.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 60 Tundbodi hajr ayshim bog‘in andoq buzdikim, Tushti furqat dashtida har sari bir parkand shox. Jism aro har uzv tig‘ingni qilurlar orzu, Uylakim, bo‘lg‘ay yag‘ochda sug‘a hojatmand shox. Sho‘xlar sindurdilar naqdi hayotim shoxini, Ul sifatkim, bo‘lg‘ay atfol ilgidin sarkand shox. Naxli tab’im shoxidin ma’ni bo‘lur zoyandakim, Shoxning farzandi guldur, naxlig‘a farzand shox. Ey Navoiy, qaddi tubidur, yuzi jannat guli, Gulshani davronda yo‘q ul qadg‘a bir monand shox.
Xujasta tongki ochib oraz ul buti gulrux, Bahor husni kebi subhim aylagay farrux. Sanga mushobahati bo‘lg‘ay erdi, bo‘lsa edi Bu gulshan ichra pariy — sarvqomatu gulrux. So‘z aytsa ham o‘lubu ham tirilmakim ne ajab Kim, o‘lsa talx takallum, erur shakar posux. Soching qorasida yuz mushk tibbatu totor, Qading havosida ming sarvi Uchavu Xallux. Ichimda la’ling erur uylakim badan aro jon, O‘qungda jonim erur uylakim so‘ngak aro mux. Chu fayz erur mutafovut topilmag‘ay ma’ruf, Agarchi Karax kebi keldi surat ichra kurux. Ko‘rub yuzungni Navoiyg‘a hush ketsa ne tong Ki, mot o‘lur bori shahlar, qachon sen ochsang rux.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling