Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


RYe HARFINING  RA’NOLARINING RUSTOXYeZI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

RYe HARFINING  RA’NOLARINING RUSTOXYeZI «FAVOYID»DIN 

132

Qarida garchi sabuk ruhlug‘ farovondur,

Vale yigitlar aro chun kirar, garonjondur. 

Shabobning havasidin saqolni rang etma,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

70

Oqorsa sabza, ko‘karmak yana ne imkondur. 



Qari yigitlar ishin chun qilur, erur mabhut,

Yigit qarilar ishin pesha qilsa, nodondur. 

Aso yururga  madaddur, vale aso ahli 

Chu nayza tutti, hamul yo‘l yururga nuqsondur. 

Chu qad egildi, aso birla dog‘i bo‘lmas tuz,  

Eshitsa tuz anga bir kunji baytul ahzondur. 

Chuqurg‘a tushti chu ko‘z, go‘yiyo qaviy za’fin,  

Nazar qilur uyatidin chuqurg‘a pinhondur. 

Darig‘kim, qaridim zuhdu faqr lofi bila,  

Vale ishim yoshurun barcha jurmu isyondur. 

Xudoy uchun qiling, ey porso yigitlar, shukr  

Ki, sizga jurmu gunahdin xudo nigahbondur. 

Yigit bila qarig‘a zuhd birla isyonda,

Yo‘q ixtiyor munga qahr anga ne ehsondur. 

Yigitligida kishi qilmasa itoati amr,

Ne sud chun qaridi,  nechakim pushaymondur. 

Navoiyo, yema g‘am, ne uchunki, bahri karam  

Chu urdi mavj, borig‘a umidi g‘ufrondur. 



133

Erur hamisha xazon bargidek boshimda sharor,

Senga ne g‘amki, boshing uzradur hamishabahor. 

Yana  netib kishi qolg‘ay tirikki, chiqting  mast,

Etakni  sanchibu oshufta chirmabon dastor. 

Tanim chuqur-chuqur o‘lmish, bori bo‘lub to‘la qon,  

Nedinki  tishlab-tishlab qilibmen  ani  afgor. 

G‘ubor ichinda quyosh tong emas, bu tongdurkim,  

Ko‘rundi yuzu xatingdin quyosh ichinda g‘ubor. 

Chu dayr xizmatin ortug‘roq aylaram, ne ajab  

Belimga mug‘bacha zulfaynidin iki zunnor. 

Chu sof aysh ila qasr ichra bordurur yuz biym,  

Xusho farog‘at ila dardu kulbai xammor. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling