www.ziyouz.com kutubxonasi
73
Holini naylab nihon tutsun Navoiy xastakim,
Yetsa ashkin oh urar, yig‘lar agar ohin tiyor.
¤ Bu g‘azal «Navodir un-nihoya» devonidan kiritilgan bo‘lib, qo‘lyozmada
So‘zu yoru yordin so‘rmongki, hijron dashtida
Qolg‘ali bekas unut bo‘lmish manga yoru diyor
bayti bor, ammo u «Xazoyin ul-maoniy»ning XV—XVI asr qo‘lyozmalarining birortasiga ham
kiritilmagan, shuning uchun mazkur bayt tushirib qoldirildi.
138
Parvona qanoti arokim dog‘ ila qondur,
Hajr o‘tiyu g‘am yarasidin ikki nishondur.
Sarig‘, qizil alvon bila xil’atlaring, ey gul,
Ra’nolig‘ erur, ulki libosingda ayondur.
Ul ko‘z qorasi hay’ati majruh ko‘ngulda,
Hijron o‘tidin ikki yangi dog‘i nihondur.
Ko‘nglumniki pargolalar etti g‘ami hajring,
Lola varaqidek borida dog‘ ila qondur.
La’lingdin agar qatrai qon qilsa tarashshux,
Tufroqqa tomizmaki, aning tufrog‘i jondur.
Bu gulshan aro bo‘yi vafo yetmadi guldin
Bulbulg‘aki, ming navha bila da’bi fig‘ondur.
Shavq o‘tig‘a yonmoqqa o‘zni urdi Navoiy,
Qovdung, kelu lutf aylabon ul telbani yondur.
139
To buzug‘ ko‘nglum aro zulfung xayoli aylanur,
Ajdahoedurki, bir vayrona nchra to‘lg‘anur.
Ahli dard ohu fig‘onidur, emas ko‘su nafir,
Sayr uchun ul xo‘blar shohi qachonkim otlanur.
Gar tanimda dog‘lardur, vah, ne tong toshida dog‘,
Notavonekim, ichi hijron o‘tidin o‘rtanur.
Har shararkim, o‘tlug‘ ohimdin borur gardun sari,
Ahli ishq arvohi o‘rtonmakni andin o‘rganur.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |