Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

72

Eshitki, payki saboning ajab risolati bor. 



Firoq ahli chu g‘amdin xalos emas tunu kun

Mudom icharga bu ahvolning dalolati bor. 

Visol ruq’asi yetmas manga, xush ul novmid  

Ki, qosidi qo‘lida xatti istimolati bor. 

Navoiy, istasang o‘zlukni raf’, majnun bo‘l

Ki, aql pirini ko‘rdum — base jaholati bor. 



136

Go‘yiyo ko‘nglum taxayyul mulkining sultonidur  

Kim, xayol ichra qilur har ayshkim imkonidur. 

Husniyu ishqim kamol ichra yaqindurlarki, bor:  

Ul  mening hayronimu olam aning hayronidur. 

Tutmamish rangin bulut ko‘kniki, olamni tutub,  

Aks ko‘k mir’otig‘a solg‘an sirishkim qonidur. 

Sarsaru to‘fon yetar, ey xalq, o‘lung ogohkim,

Ohu ashkimning bu oqshom hajrdin tug‘yonidur. 

Chug‘z bo‘lmish ganji vasling shavqidin ko‘nglum qushi, 

Zaxmi ko‘p ko‘nglum uyi ul chug‘zning vayronidur. 

Husng‘a chun yo‘q vafo, bas tut vafoni mug‘tanam,  

Necha kun, eykim, mahbublug‘ davronidur. 

Ishq dashtida  Navoiydur,  quyun qilmang gumon  

Kim, tani xoki bila bir sho‘x sargardonidur. 

137

Vaslidin chun multafit ko‘proq bo‘lur  furqatda yor,  

Tarki vasl aylab qiling, ahbob, furqat ixtiyor, 

Dema ko‘nglung bo‘ldimu tark aylamak yoru vatan,  

Ne ko‘ngulni tark qilmoq, ne vatan, vah, qaysi yor. 

Topmadim bir nechakim mehru vafo tufrog‘ida¤,  

Dona sochtim ashkdin, kirpik bila aylab shiyor. 

Siymgun ashk o‘lmoq oltundek yuz uzra ne osig‘,  

Jism hijron ko‘rasida bo‘lmayin xolis iyor. 

Kimki, olam xalqi birla oshnolig‘ qilmadi,

Ani de farxunda axtar, muni bilgil baxtiyor. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling