www.ziyouz.com kutubxonasi
106
Farq ko‘ptur nechakim bo‘lsa mushobih tuzu muz.
Bazmidin chiqti raqib usruk, hazar, ey ahli zuhd,
Rasmdur qochmoq ulus ittinkim, ul bo‘lg‘ay qutuz.
Ko‘zga soldim jon berib olib ayog‘n tufrog‘in,
Anglamon qadrini koloning chu olmishmen ujuz.
Ne tafovut ishqi dashti qat’ida issig‘-sovuq
Kim, samandar o‘tda sayr aylarda tengdur yozu kuz.
Shayxda yo‘q rindliq, zohidda yo‘q rasmi vafo,
Dayr piri har suluk irshodida keldi to‘kuz.
Hajrdin o‘ldi Navoiy, soqiyo, tut jomi may,
Ey mug‘anniy, sen navo ohangida qo‘psa qubuz.
206
Do‘stlar, may bila jonimg‘a jafo aylamangiz,
Bazm aro bo‘lmasa ul sho‘x, meni istamangiz.
Bo‘lubon yor, meni istasangiz, mast o‘lubon
Yig‘lasam, holima badmast debon qovlamangiz.
Qo‘yinguz bir nafase, jonima bedod aylay,
Tifl yo telba kebi man’ etibon aldamangiz.
Rahm agar qilsa xudo yori va gar tig‘ chekib,
Qatl ham aylasa, zinhorki man’ aylamangiz.
Itlari ollig‘a tashlangki, g‘izo qilsunlar,
Bazmini barham urub, motamima yig‘lamangiz.
Ey vafo ahli, duom ushbu dururkim, yo rab,
Bevafo mohjabinlar qo‘lig‘a uchramangiz.
O‘yulub tushti Navoiy tanining dog‘lari,
Ko‘yida o‘lgan it o‘lsa, terisidin yamangiz.
207
Bir kun, ey hushu xirad, men telbaga yor erdingiz,
Bexabar ham bo‘lsam o‘zdnn, siz xabardor erdingiz.
Dard yetkanda davojo‘, yolg‘uz erkanda rafiq,
G‘ussa vaqti yoru g‘amginlikda g‘amxor erdingiz.
Nayladim, nettimki, bir yo‘li chekib mendin ilik,
Emdi ermastursiz andoqknm, burun bor erdingiz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |