www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Ki, topmon ko‘ksuma urmoq uchun tosh.
Iliging o‘pkali ochmish og‘izlar,
Qilichingdin sarosar zaxmlig‘ bosh.
Hamono qolmas o‘z holida rangi,
Sizarda suratnngni ko‘fsa naqqosh.
Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh.
Demish: kelsam Navoiy qatlin aylay,
Kelib, ne ko‘ngli istar, aylagay kosh.
261
Pariyzodeki, mushkin zulfi jonim mustamand etmish,
Maloyik qushlari ul halqa mo‘lar birla band etmish.
Samandingkim, yolindek tez erur, yuz shukrkim, gardun
Anga bizni samandarvash, munga gardi samand etmish.
Chekarga ishq otashgohig‘a devona ko‘nglumni,
Qazo har bir sharar torini bir o‘tluq kamand etmish.
Vafog‘a telbalikdin nopisand o‘lsam, ani ko‘rkim,
Jafog‘a kimni mencha ul pariy paykar pisand etmish.
Mayi ravshan tut, ey soqiyki, ko‘nglum tiyra qilmish shayx,
Damu afsun bila baskim, anga izhori pand etmish.
Labingda no‘shu zahri hajr og‘zimda tong ermas, gar
Menga har zaharxand o‘lg‘anda ul bir no‘shxand etmish.
Labi la’lin malohat xoli birla bahravar qilg‘an,
Mening jonimni dag‘i ishq birla bahramand etmish.
Biravkim, sarvdek ozodavash bo‘ldi bu bog‘ ichra,
Qazo dehqoni ham sarsabz ani, ham sarbaland etmish.
Navoiy, kech visol ummididinkim, haq seni behad
Zalilu zoru yoringni azizu arjumand etmish.
262
Sahob ermaski, kukrab tog‘ uza har sari aylanmish
Ki, dudi ohu afg‘onim falak toqig‘a chirmanmish.
Aning ilgidadur ko‘nglumki, andin ayrila olmas,
Tamom ul qush masallikkim, kishi ilgiga o‘rganmish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |