www.ziyouz.com kutubxonasi
226
Dedi: og‘zimdur sening umrung, visolim istagil,
Umr agar bo‘lsa, visolin topqamen al umr ayn.
Soqiyo, ko‘p va’da qilding, roh ila rohat yetur,
Yo‘qsa qil ma’yuskim, al’yasu ihd-al rohatayn.
Ey Navoiy, nega ma’yus o‘lg‘ay ulkim, shohidur
Xusravi G‘oziy muizzi mulku din Sulton Husayn.
445
Ishq aro kuysam, kulumni lutf etib yo zulminan,
Xayli mo‘ri qilkim, ul ko‘y ichra qilg‘aylar vatan.
Ko‘yida uryon tanim dafn aylang, o‘lsam ishq aro
Kim, shahid o‘lgang‘a tufrog‘ pardasi basdur kafan.
Dard o‘qi jismimg‘a yog‘di, go‘yiyo bo‘ldi sipehr,
Har hilol andoza qavsidin manga novak fikan.
Ko‘yida qatlimg‘a rozimen, nechukkim telba it,
Cheksalar, lekin toqib bo‘ynumg‘a zulfidin rasan.
Nozik ermas hulla, jonlar rishtasidin ko‘nglak et,
Kim anga jisming tahammul qilg‘ay, ey nozuk badan.
Bu chaman gulzorig‘a berma ko‘ngul, ey andalib,
Kim erur, har gulki ko‘rsang, tegrasida yuz tikan.
Ey Navoiy, ko‘yiga bordim tilab qaddu yuzin,
Bog‘ni naylay, keraklik yo‘q manga sarvu suman.
446
Musavvireki, qilur ko‘yi gardining raqamin,
Qo‘yungki, ko‘zga chekay surma milidek qalamin.
Yilon taharrukin ar qush tutarda ko‘rmaysen,
Ko‘ngul olur chog‘i ko‘r bandi zulfi pechu xamin.
Nihon tan ichra tuganlardin o‘ldi munglug‘ jon,
Gadoki, ta’biya qilg‘ay libos aro diramin.
Ko‘ngulki, g‘am sipahin ko‘rdi — chekti shu’lai oh,
Birov kebiki, tikar mo‘r xaylig‘a alamin.
Xiromin asru sevarmen vale ko‘ngul ichra,
Ayog‘ chu qo‘ydi, tilarmen, ko‘tarmagay qadamin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |