Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

232


456

Yetishti bayramu raf’ etti ro‘za qayg‘usin,

Hilol musayqali yorutti boda ko‘zgusin. 

Sipehr jomi hilolig‘a jilva berdi, magar

Ki, boda zabt eta olmas nashot kulgusin. 

Magarki, qildi shabistong‘a azm shohidi iyd.  

Ki, to‘kti farruh ayog‘ig‘a axtar injusin. 

Dalil rohi shafaq rangu jomi minoyi,

Shafaq mayini ko‘ru charx jomi minusin. 

Farog‘ate tilar ersang, ko‘p og‘zi xishtini ol,  

Ushat bu xisht bila zuhd nangu nomusin. 

Saharki, xalq musallog‘a yuz qo‘yar, xush tut,  

Borurg‘a dayri fano sari tong qorong‘usin. 

Navoiy, ich qadahu foniy o‘lki, topti baqo,  

Biravki, topmadilar el surog‘u belgusin. 

457

Sebakedur orazim rangi birav hijronidin,  

Olmadek bo‘lmish qizil har yoni ashkim qonidin. 

Novaki qonlig‘ ko‘nguldin, eykn, dersen o‘tmamish,  

Aylagil bore  nazarkim, qon tomar  paykonidin. 

Men kebi majnunni ham bosti mazallat gardikim.  

Fahm bo‘lmas zaxm ila dog‘i tani uryonidin. 

Go‘y urardin yo‘qki, ul chobuk qilur bir boshni go‘y,

Buki bir g‘avg‘o chiqar har dam aning maydonidin. 

Xo‘blug‘ davrida yod etgil gahe ushshoqni 

Kim, base yod aylagungdur xo‘blug‘ davronidin. 

Aysh bazmin, ey ko‘ngul, mayxona ayvonig‘a chek

Kim, balo toshi yog‘ar har dam sipehr ayvonidin. 

Ko‘yida itlar fig‘oni andin erkin har kecha

Kim, uyumaslar Navoiy nolayu afg‘onidin. 

458

Yuzung ko‘rgach, ilik ko‘ksumga urmon, ishq tobidin

Ki, ko‘nglumga qo‘yarmen, sekrer aning iztirobidin. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling