Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

243


Bu o‘tki telba ko‘ngulni pariy xayoliga solmish,  

Yuzung shioimu yo shu’lai jununimu erkin? 

Biravki kasbi fano qildi, ko‘kka qo‘ydi qadamni,  

Bumu zabun anga yo ul munung zabunimu erkin? 

Navoiy ozdi esidin, chu kettin jismiga ko‘p na’l,

Talab yo‘lining alar na’li bozgunimu erkin? 



477

Demangiz kelmish alam sihhat ketib, yor ilgidin  

Kim, manga ham yuz alamdur ul jafokor ilgidin. 

To ilik bo‘ynig‘a osti yuz duoyu hirz ila,

Surtubon yuzni musharraf bo‘ldi, tumor ilgidin. 

Zor ko‘nglum ilgida, ozor ham ilgidadur,  

Bedavo ozorini kasb etti bu zor ilgidin. 

Kosh jonimni aning ilgiga qilg‘aymen fido,  

Jong‘a har ne bo‘lsa bo‘lgay, bori dildor ilgidin. 

Dardini minnat tutub, jonimga aylarmen qabul,  

Anglasamkim, kam bo‘lur bir zarra ozor nlgndin. 

Boda olg‘ach, titratur har subh ilgimni xumor,

Ichmasam ikki labolab jom xammor ilgidin. 

Ey Navoiy, ko‘nglum ilgidin chekarmen yuz balo,  

Tuxmat aylarmenkn, bor ul moh ruxsor ilgidin. 

478

Garchi ul mahvash jafo aylar, taammul qilmayin,

Chunkn oshiqmen, vedur choram tahammul qilmanin. 

Hajr biymin anglabon aylar ko‘ngul vaslida maks,  

Qatl uchun elturda  el bormas, taallul qilmayin. 

Og‘zin anglarda belnn ko‘nglumda aylarmen xayol,  

Xurdadon bo‘lmas kishi, nozuk taxayyul qilmayin. 

Ishq sirrin gar bayon aylar esam, ey piri aql,

E’tiroz etma, hadisimni taaqqul qilmayin. 

Vah, necha qon yutqamenkim, soqiyi davron manga  

Chun yetar har davr aro, o‘tmas tag‘oful qilmayin. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling