www.ziyouz.com kutubxonasi
349
Rahmatidin dog‘i bo‘lma novmid,
G‘azabidin dog‘i vahm et jovid.
Mulku kishvar eliga dod ayla,
Adl ila ikkisin obod ayla.
Tengri yodi chu sanga bo‘ldi hisor,
Dod ila adl ulus birla shior.
Chu bular bo‘ldi, o‘zingni xush tut,
Har bahona bila ko‘nglungni ovut.
Bir nafas ayshdin o‘lma g‘ofil
Ki, jahon mulki erur behosil.
Bo‘lmag‘il hech nafas g‘aflat ila,
Adl qil, yo‘q esa bo‘l ishrat ila.
Xar nafas vasfini etmak bo‘lmas,
Chun o‘tar, gardig‘a yetmak bo‘lmas.
Chu falak boisi g‘amdur, xush bo‘l,
Siym poshandiyu sog‘arkash bo‘l.
Elga sendin chu yetar osoyish
Tengridnn ayla tama’ baxshoyish.
Ki, qilib lutf etgay hayyi g‘afur
Duniyu oxiratingni ma’mur.
II
Soqiyo, tut manga jomi mayi nob,
Jomi may demaki, la’li serob.
Rangi yoqut suyidin timsol,
Qaysi yoqutki, la’li sayyol.
Dami Iso kebi kayfiyat anga,
Obi hayvon kebi xosiyat anga.
Ki, manga bersang ani, sipqarayin,
To dame mast o‘lub o‘zdin borayin.
Ki, meni shohi zamon hijroni
Uyla qilmishkn, deyolmon oni.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |