Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
XI Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
XI
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 354
Soqiyo, jomi diloro xushtur, Ichida rohi guvoro xushtur. Jomi poku mayi nob andin pok, Quyoshu chashmai hayvondin pok. To ani ichgali ko‘rguzsa havas, Saltanat bog‘ida sarvi navras. Ham aning bazmig‘a loyiq bo‘lg‘ay, Pok tab’ig‘a muvofiq bo‘lg‘ay. Shahg‘a maqbul dog‘i mulkga zayn, So‘zi matbu’ o‘zidek ibn Husayn. XII Soqiyo, tut manga gulbo‘y qadah, Xalq ko‘nglidin alamsho‘y qadah. Uylakim solsa ko‘ngul uyiga nur, Tiyralikni itirur sham’i surur. To beray, ko‘nglum o‘lub gulshanvor, Ko‘zga shahzoda yuzidin anvor. Anga bersun, yo rab, to bo abad, Ruh ila Qosim Anvar madad. Chun so‘zi xushtur, o‘zi xushharakot, To abad bo‘lsun anga umru hayot.
Soqiyo, jomi g‘aribona ketur, Men g‘arib ichsam ani, yona ketur Kim, kelur ko‘ngluma ul ikki g‘arib Kim, ul ikkini jalo qildi nasib. Ayru shah yanglig‘ atodin ham alar, Yuz tuman komravodin ham alar. Ne ekin hollari g‘urbat aro, Boshqa g‘urbatda kelur shiddat aro. Axtari toli’ o‘lub bargashta, Bul-ajab qavm aro sargashta.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 355
O‘zga mulk, o‘zga diyor, o‘zga daman, O‘zga xalq, o‘zga makon, o‘zga vatan. Tush ko‘rarlarmu ekin shohni hech, Vatanu maskanu bunkohni hech. Ikkisi yodi bila bir qo‘sh tut Ki, ko‘nguldin manga bo‘lmaslar unut. Himmatin kosh baron tutqay shoh, Kelgali ul ikov inshoolloh. XIV Soqiyo, qil to‘la jomi zarkor, Bir g‘azal boshla Faridun osor. Komning bodasi dog‘i rangin, Nazmning nuktasi dog‘i shirin. Nazm adosida muvofiq yasab un, Jomi may nazmi nigorandag‘a sun. Ul ikov yodi bila ichsun qo‘sh, So‘ngra qoru sanga qildirsun no‘sh. Sen dog‘i durdi joming manga tut, Qo‘shdin ul dog‘i bersun sarqut.
Soqiyo, tut qadahi miynoyi Ki, ulus aqlin etar shaydoyi. Angla miyno qadah ichra mayi nob, Jomi firuzada yoquti muzob. Bo‘lsun chun boda uchun bazm aro Sulton Vays ibni Boyqaro. Anga hangomai shavqimni ayt, Dog‘i she’rimdin o‘qug‘il bir bayt. Kim, jahon bo‘lg‘ucha komin bo‘lsun, Aysh bazmida maqoming bo‘lsun.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling