Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
358
Soqiyo, may tutu qo‘yg‘il so‘zni,
Xon qurultoyig‘a yetkur o‘zni.
Sof may jom aro gar dilkashdur,
To‘stug‘on ichra qimiz ham xushdur.
Ey yirov, sen ham ishingni ko‘rguz,
Yoto‘g‘on birla ulug‘ yirni tuz.
Yoto‘g‘onchiyu yirov tuzgach un,
Sen qadah olu to‘quz qotla yukun.
To‘ra birla bosh urub tut xong‘a,
Sarqutin ber meni besomong‘a.
O‘zni ul sarqut ila mast qilay,
So‘zni xon bazmida payvast qilay.
Kim ayo to‘rt ulusqa voris,
Faxr etib zotinga ruhi Yofas.
Aslu gavhar bila xonlar xoni,
Javhari zot ila jonlar joni.
Shahg‘a mehmonu, azizu dilband,
Ham qarindosh, yana ham farzand.
Ko‘rki, sen kimsenu qaydin kelasen,
Qaysi mulk ichrasenu kim bilasen.
Hech shah topmadi bir xon sendek,
Bu ulus ko‘rmadi mehmon sendek.
Budur ummidki, shah davlatidin,
Ehtimomiyu biyik himmatidin.
Ulcha maqsuding erur, yetkaysen,
Komron mulkungga azm etkaysen.
Ota taxtida topib istiqlol,
Qilg‘asen xasmlaringni pomol.
Lek mehmonga kerak uyla maosh,
Kim agar mulkiga azm aylasa fosh.
Mizbonlarg‘a malolat yetkay,
Xayr birla el ani yod etkay.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: