www.ziyouz.com kutubxonasi
370
Balki har fan aro tab’i yakfan.
Fan advorda sehr aylab fosh,
Bahri ash’orda xud gavharposh.
Quvvat ahlig‘a hamovard kelib,
Lek dard ahlig‘a hamdard kelib.
Har bag‘ir yarasinnng marhami ul,
Qirq yilliq bu gado hamdami ul.
Maxfiy asrorda damsoz manga,
Har nihon rozda hamroz manga.
Bori hamdamlar ichinda fardim,
Yorimu, hamnafasu hamdardim.
Ani ham charxi taaddi oyin,
Mendin oyirdn, qilib qasdima kin
Hajrida sabru qarorim yo‘qtur,
G‘amda juz nolai zorim yo‘qtur.
Dardu g‘am boisidur hushu xirad,
Qani maykim, qilay o‘zni bexud.
XXVIII
Soqiyo, kel menga tut bodai ishq
Kim, erur xilqatim aftodai ishq.
Bodakim, og‘zig‘a har kim olg‘ay,
Paykari xirmanig‘a o‘t solg‘ay.
Tokim, ul o‘tqa o‘zumni tashlay,
Dardi ishqim o‘tidin so‘z boshlay.
Kim, nelar qildi meni zorg‘a ishq,
Joni zoru tani bemorg‘a ishq.
Ko‘nglum oldi buti sho‘xe nogah,
Qolmadim ishqida o‘zdin ogah.
Ul pariy vasli chu bo‘ldi matlub,
Telbalik qildi ko‘ngulni mag‘lub.
Chun junun ishq ila bo‘ldi damsoz,
Asray olg‘aymu kishi ko‘nglida roz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |