41
Yuz ochib, yog‘lig‘ bila la’lingni maktum aylading,
Gul chog‘i gulrang maydin bizni mahrum aylading.
42
Men sinuq, ko‘nglum sinuq, sabrim uyi xud yerga past,
Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast.
43
Bo‘lg‘anim aqlu havosu umru jondin noumid,
Yaxshiroqkim, bo‘lsam ul jonu jahondin noumid.
44
Bordingu kelgum deding, ey sho‘xi ra’no kelmading,
Angladingkim, kelmasang — o‘lgumdur, ammo kelmading.
45
Ko‘rmasam ul oyni, o‘lgudek malolim bordur,
O‘lturur ko‘rgach, ajoyib sa’b holim bordur.
46
Ko‘nglum aro falakdin yuz xanjari navoib,
Holim bilib so‘rarsen, sendin dog‘i ajoyib.
47
O‘lsam, ey yor itlari, har dam g‘irev g‘am tutung,
Yorlig‘ zohir qilib, ahvolima motam tutung.
48
Oshiqekim, ko‘rgay ul bir qatla har kun yorini,
Tengrisiga ayladik yuz qatla shukr izhorini.
Do'stlaringiz bilan baham: |