Favqulodda moddalar hisobi
Dt Favqulodda foyda 240000 Kt
Download 63.76 Kb.
|
FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-MAVZU. FOYDA SOLIG`I HISOBI
- 1. Buxgalteriya foydasi va soliqqa tortiladigan foyda to`g`risida tushuncha.
Dt Favqulodda foyda 240000
Kt Hisoblangan foyda solig`i 240000 Favqulodda foydaning qolgan summasi esa «Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag`iga yopiladi. Dt Favqulodda foyda 960000 Kt Yakuniy moliyaviy natija 960000 2-vaziyat «AVS» kompaniyasi hisobot davrida er silkinishi natijasida 2000000 so`mlik favqulod-da zarar ko`rdi. Hisobot davrida foyda solig`i stavkasi 20% tashkil qilgan. Bu holda ham favqulodda zarar MHХSga ko`ra moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda soliq summa-sidan holi tarzda o`z aksini topadi. [2000000 – ( 2000000 x 0,20 ) = 1600000 so`m] Bu holatda aniqlangan soliq summasiga avval hisoblangan foyda solig`i summasi kamaytiriladi, ya`ni Dt Hisoblangan foyda solig`i 400000 Kt Favqulodda zarar 400000 Favqulodda zararning qolgan summasi esa «Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag`iga yopiladi. Dt Yakuniy moliyaviy natija 1600000 Kt Favqulodda zarar 1600000 4 Favqulodda moddalarning yoritilishi Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda ko`rsatilgan favqulodda foyda yoki zarar summasi ularning mohiyati, yuzaga kelish sababi, o`lchami bo`yicha alohida tarzda yoritilishi lozim. 18-MAVZU. FOYDA SOLIG`I HISOBI1. Buxgalteriya foydasi va soliqqa tortiladigan foyda to`g`risida tushuncha 2. Doimiy farqlar hisobi 3. Vaqtinchalik farqlar hisobi 4. Vaqtinchalik faqlarning soliq samarasi hisobi 5. Тo`lanadigan soliq summasini hisoblash tartibi 6. Iqtisodiy faoliyatdan zarar ko`rilgandagi soliq hisobi 7. Foyda solig`i bo`yicha yoritishlar 1. Buxgalteriya foydasi va soliqqa tortiladigan foyda to`g`risida tushuncha.O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi soliq to`lovchilar hisobla-nadigan sub`ektlar tomonidan foyda solig`i hisobining tartibini belgilab beradi. Buxgalteriya foydasi(zarari) – bu hisobot davrida soliq bo`yicha xarajatlar ayrilgunga qadar yuzaga kelgan foyda (zarar)dir. Soliqqa tortiladigan foyda – bu soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan hisobot davrining daromad (foyda) summasidir. Korxonalar buxgalteriya foydasini yillik yalpi daromad summasidan jami xarajatlarni ayirish orqali aniqlaydilar. Soliq qonunchiligiga ko`ra yalpi daromad summasiga qo`yidagilar kiritiladi: mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar qo`rsatishdan olingan tushum; asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli kog`ozlar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromad; foiz qo`rinishidagi daromadlar; olingan dividendlar; tekinga olingan mulk; mulkni ijaraga berishdan olingan daromad; royalti; tekin ko`rsatilgan moliyaviy yordam; kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan olingan daromad; kursdagi ijobiy farqlar; favqulodda daromadlar; boshqa daromadlar Yalpi daromad summasidan ayriladigan xarajatlar tarkibiga qo`yidagilarni kiritish mumkin: qo`shilgan qiymat solig`i; aktsiz solig`i; sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar tannarxi; davr xarajatlari; bank krediti bo`yicha hisoblangan foizlar; lizing to`lovlari; kursdagi salbiy farqlar; boshqa xarajatlar Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun buxgalteriya foydasiga qayta qo`shiladigan va ayriladigan xarajatlarning tarkibi soliq qonunchiligi tomo-nidan belgilanadi. Joriy davrda to`lanadigan soliqlar – bu soliqqa tortiladigan foydaga hisoblangan va joriy davrda to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasidir. Muddati kechiktirilgan soliqlar deb hisobot davrida aniqlangan, lekin buxgalteriya standartlari va soliq qonunchiligi taьsiriga ko`ra to`lanishi kelgusi davrlarga ko`chirilgan soliq summasiga aytiladi. Aksariyat hollarda soliqqa tortiladigan foydani aniqlash qoidalari bux-galteriya foydasini aniqlash uchun qo`llanadigan hisob siyosatidan farq qiladi. Bunga asosan doimiy va vaqtinchalik farqlar bevosita taьsir ko`rsatadi. Download 63.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling