Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Yurak-o‘pka reanimasiyasining samaralilik belgilari


Download 155.86 Kb.
bet13/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Yurak-o‘pka reanimasiyasining samaralilik belgilari
Ko‘rkak qafasining mustaqil harakati; to‘sh suyagi bosilganda uyqu tomirining mexanik harati; qorachiqlarning torayishi; shilliq qavatlar va teriga qizillik yugurishi; tana haroratining oshishi; oyoq va qo‘llarda alohida muskullarning qisqarishi; qon bosimining 90-8t mm.s.u.gacha oshishi.
Yurak-o‘pka reanimasiyasi qachon to‘xtatiladi?
Nafas va tomir urishining aniqlanganda; yurak urishi aniqlanganda; sizga xavf tug‘ilganda; biologik o‘lim holati qayd etilganda; sizga nisbatan malakali biror kishi yoki tibbiyot xodimi kelganda; biologik o‘lim qayd tilganda.
Yurak-o‘pka reanimasiyasi qachon o‘tkazilmaydi?
Biologik o‘lim qayd etilganda; jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishning iloji yo‘qligi aniq ko‘zga tashlanib turganda; ko‘krak qafasining har ikkala tomonida siniqlar mavjud bo‘lganda; jabrlanuvchining qarindoshlari reanitsiya o‘tkazishga qarshilik qilganda.


Yurak-o‘pka reanimasiyasi jarayonida kelib chiqadigan asoratlar
Jabrlanuvchi ko‘krak qafasining taranglik darajasi past bo‘lganda, ortiqcha bosim berilganda, qo‘llar noto‘g‘ri joylashtirilganda asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bular quyidagilar:
Qovurg‘alarning sinishi hamda singan qovurg‘aning o‘pkani teshib yuborishi; jigarning ezilishi; oshqozonning yorilib ketishi; mexanik qusish natijasida qusiqning nafas yo‘llariga o‘tib ketishi; orqa miyaning jarohatlanishi.


Kuyish, sovuq oldirish va tok urishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari
Kuyish
Yuqori harorat ta’sirida zararlanishga kuyish deyiladi.
Kuyish turlari:
1. termik kuyish — yuqori harorat ta’sirida kuyish;
2. kimyoviy kuyish — kimyoviy moddalar ta’sirida kuyish;
3. elektr toki ta’sirida kuyish;
4. quyosh nurlari ta’sirida kuyish.
Kuyish darajalari
1-darajali kuyishning belgilari:
qizarish+og‘riq+shish.
2-darajali kuyishning belgilari:
qizarish+og‘riq+shish+suvli pufakcha.

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling