Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet10/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

2. singan joyga sovuq qo‘yish:
yopiq siniqlarda singan joyga har soatda 15 daqiqa davomida muz (qor) qo‘ying (muzni shikastlangandan keyingi 2 kun mobaynida qo‘yib turish mumkin);
muz bo‘lmaganda sovuq suvda namlangan latta bilan kompress qiling.
3. singan joyni bir oz ko‘tarib qo‘yish:
shikastlangan a’zoni yurak sohasidan yuqoriroqqa (30sm. balandlikka) ko‘tarib qo‘ying;
ko‘tarish og‘riqqa yoki suyaklarning siljib ketishiga sabab bo‘ladigan bo‘lsa uni ko‘tarmang.
Eslatma: Jabrlanuvchining hayoti xavf ostida bo‘lsa uni mustaqil ko‘tarmang.
Qo‘l suyaklarining sinishi
(barmoq, kaft, bilak, tirsak va elka suyaklarining sinishi)


Birinchi yordam:
kaft va bilakni taxtakach (taxta bo‘lagi, plastik, karton) ustiga bir tekis qilib qo‘ying;
biror matoni taxtakach tagidan olib uch tarafini jabrlanuvchining bo‘yniga osib qo‘ying;
barmoqlar shikastlanganda kaft ichiga bint o‘rami (ro‘molcha yoki mato o‘rami) qo‘yib barmoqlar ustidan o‘rab bog‘lab qo‘yish mumkin;
agar suyaklar chiqqan bo‘lsa uni joyiga solishga harakat qilmang.
O‘mrov, kurak suyaklari singanda ham taxtakach qo‘yilib biror mato bilan bo‘yinga osib qo‘yiladi.
Tos suyagining sinishi:
Belgilari:
jabrlanuvchi oyog‘ini harakatga keltirishga uringanida tos atrofida qattiq og‘riq paydo bo‘lishi;
jabrlanuvchining shok holatida bo‘lishi.
Birinchi yordam:
salgina harakat ham og‘riqni kuchaytirishi hamda singan suyak parchalari siljib ketishiga, tomirlar va ichki organlar zararlanishiga olib kelishi mumkinligini hisobga oling;
jabrlanuvchini qattiq zambilga yoki taxta ustiga chalqancha yotqizing;
jabrlanuvchini “qurbaqa holati” deb ataluvchi maxsus holatga keltiring. Buning uchun:
jabrlanuvchining tizzasini bukib uining tagidan yostiq qo‘ying. Tizzalarning bukilgan holatda bo‘lishini ta’minlang;
tizzalarni bir biridan uzoqlashtiring. Oyoqlar orasi ochilgan holatda bo‘lishini ta’minlang;
oyoq uchlarini ikki chekkaga qaratib qo‘ying;
jabrlanuvchi hushsiz holatda bo‘lsa uni yon tomoniga qaratib yotqizing.
Eslatma: tos suyagi singanda og‘riq juda kuchli bo‘ladi. Tos suyagi sinishiga jinsiy a’zolarning shikastlanishi ham qo‘shilsa jabrlanuvchi og‘riq kuchidan shok holatiga tushib qoladi. Shuning uchun tos suyagi singan jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatishda juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim.



Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling