Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Qon ketish turlari va birinchi tibbiy yordam qoidalari


Download 155.86 Kb.
bet6/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Qon ketish turlari va birinchi tibbiy yordam qoidalari

Qonning shikastlangan tomirdan tashqariga oqib chiqishi tashqi qon ketish deyiladi. Qoninng tanadagi bo‘shliqlar va to‘qimalarga oqishi ichki qon ketish deyiladi. Qon oshqozon va ichaklar hamda bronxlarga oqishiga yashirin qon ketish deyiladi.


Agar qon tomir urishiga mos ravishda och qizil rangda favvoradek otilib chiqsa, bu arteril qon ketishi bo‘ladi. Bu hayot uchun juda xavfli, chunki birdaniga 1-2litr qon yo‘qotilishi o‘limga olib kelishi mumkin. Odam tanasining o‘rta hisobda 10%i qondan iborat. Bu o‘rtacha 6 litrni tashkil qiladi.
Agar qon to‘q qizil rangda bir tekis oqib chiqayotgan bo‘lsa bu venoz qon ketishi bo‘ladi. Ba’zi hollarda tananing yuqori qismidagi yirik vena qon tomiri shikastlanganda venoz qon ketish ham otilib-otilib oqishi mumkin. Biroq venoz qonning bunday otilishi arterial qon ketishi kabi tomir urishiga mos bo‘lmasdan nafas olishga mos bo‘ladi. Bunday qon ketish ham tomirlarga havo so‘rilib havo emboliyasi hosil qilib tomirlarga tiqilib o‘limga olib kelishi bilan xavfli hisoblanadi.
Yuzada joylashgan mayda qon tomirlaridan kapillyar qon oqadi. Bunday qon ketishi tirnalishlarda, chuqur bo‘lmagan yaralarda kuzatiladi. Arterial, venoz, kapillyar qon tomirlarining jarohatlanishi oqibatida aralash qon oqadi. Jigar, taloq, buyrak kabi ichki a’zolar jarohatlanganda parenximatoz qon ketish kuzatiladi.
Parenximatoz qon ketishinng o‘ziga xos xususiyati shundaki bunday qon ketishida ichki a’zolardagi kapillyarlar qisqarmaydi. Shuning uchun bunday holatlarda operasiya qilish lozim bo‘ladi.
Qon ketishini to‘xtatish uchun qanday harakat qilish lozim?
Venoz qon ketishini hamda uncha katta bo‘lmagan arteriyalardan qon ketishini bosuvchi bog‘lam yordamida to‘xtatish mumkin. Bu usul qon tomiri suyak ustida joylashgan bo‘lsa ayniqsa samarali bo‘ladi. Bunday qon tomirlari bosh sohasida hamda bo‘g‘inlarda joylashgan.
Buning uchun qon ketayotgan joydan yuqoriroqda barmoq bilan arterial qon tomirini qattiq bosing. Jarohatga bir necha qavat qilib buklangan steril salfetka qo‘ying. Uning ustidan jips qilib tugun qilingan paxta, bint yoki doka o‘rami, bular bo‘lmasa o‘ralgan ro‘molcha yoki boshqa biror mato qo‘ying. Esingizda bo‘lsin: jarohatga avval steril salfetka yoki bint qo‘ymasdan turib unga paxta qo‘ymang! Keyin ularni bint yordamida siqib bog‘lang. Shu yo‘l bilan siz arteriyani bosasiz va qonni to‘xtatasiz. Jarohatlangan oyoq yoki qo‘lni tepaga ko‘tarib uning tagiga yostiq yoki kiyimlar o‘ramini qo‘ying. Oyoq yoki qo‘lning ko‘tarilishi bu joyga qon kelishini kamaytiradi.
Buning imkonini topa olmasangiz yoki arterial qon favvora bo‘lib otilib tursa (to‘xtovsiz yoki uzib-uzib) vaqt ketkazmasdan zudlik bilan qon to‘xtatuvchi bog‘lam (jgut) qo‘ying.

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling