Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet5/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Ezilgan jarohat
og‘ir jism tagida qolib ketish natijasida kelib chiqadigan jarohatga ezilgan jarohat deyiladi. Bu jarohatning boshqa jarohatlardan farqi shundaki ezilgan a’zoning xujayralari nobud bo‘ladi. Nobud bo‘lgan xujayralardan hosil bo‘lgan moddalar esa organizm uchun zaharli modda hisoblanadi. Uzoq vaqt ezilib turgan a’zoni bosib turgan jism tagidan chiqarib olinganda bu erdagi zaharli moddalar — tokisnlar qon bilan butun tanaga tarqaladi va tananing zaharlanishiga, hatto buyrak etishmovchiligi oqibatida o‘limga olib kelishi mumkin.
Belgilari:
Yumshoq to‘qimalarning zararlanishi (ko‘karish — momataloq, jarohat, shish);
qon to‘la ko‘kargan pufaklarning paydo bo‘lishi;
ba’zan shikastlangan joydan quyida tomir urishining sezilmasligi;
avvaliga qattiq og‘riq turib keyin sezgining yo‘qolishi;
sezgi yo‘qolishining savollarga javob bera olmaslik, qaerdaligini aniqlay olmaslikka almashinishi;
shok belgilarining paydo bo‘lishi;
Birinchi yordam:
ezilgan joyning yuqorisidan bog‘lam qo‘ying;
bosib turgan jism tagidan chiqarib oling;
qon ketayotgan bo‘lsa uni to‘xtating;
shokka qarshi chora ko‘llang;
singan bo‘lsa, a’zoning harakatsizligini ta’minlang.
Sanchilgan jarohat:
Shuni unutmangki tanadagi sanchilgan jism sug‘urib olinganda uning atrofida qon ivishi hisobiga paydo bo‘lgan (yoki paydo bo‘la boshlagan) tromb yana ochilib ketadi, bundan tashqari, sanchilgan jism qo‘zg‘atilganda u to‘qimalarni battar jarohatlaydi, kesilgan qon tomirlarining yo‘lini ochib yuboradi.
Sanchilgan jarohatda birinchi yordam:
Sanchilgan jismni sug‘urib olmang;
sanchilgan jismni qo‘zg‘almaydigan holatga keltirish uchun uning atrofini mato bilan o‘rang;
qon oqishini to‘xtatish uchun sanchilgan jism atrofini bog‘lang.

Jarohatni bog‘lash usullari, xususan panjalar, oyoq qo‘llar ko‘krak qafasi, qorin sohasi, bo‘yin boshlar bog‘lam qo‘yish amalda ko‘rsatib beriladi. Amaliy mashq qilinadi.





Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling