Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet3/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Yurak-qon tizimi.

Yurak qon tizimi butun tanaga qonni haydab turuvchi yurak, bu qonni ichki a’zolar va to‘qimalarga haydab beruvchi qon tomirlaridan iborat. Yurak to‘rt bo‘lmadan iborat bo‘lib bu bo‘lmalar qonni kichik va katta qon aylanish tizimiga haydab beradi va ulardan qonni qabul qilib oladi. Kichik qon aylanish tizimi yurakdan o‘pkaga boruvchi va ulardan qaytib kelib yana yurakka keladigan tomir tizimlaridan, katta qon aylanish tizimi esa yurakdan tananing barcha a’zo va qismlariga qonni etkazib beruvchi va ulardan yana yurakka qaytib keluvchi tomirlar tizimidan iborat. Tomirlar asosan ikki toifaga bo‘linadi. Arterial va venoz. Yurakdan chiqib butun tanaga oziq va kislorodga to‘yingan qonni etkazib beradigan qon tomiri arterial qon tomir deyiladi. A’zolar va to‘qimalardan qonni yig‘ib yurakkacha etkazib beradigan qon tomiri venoz qon tomiri deyiladi. Arterial qon tomirdan arterial qon venoz qon tomirdan venoz qon oqadi. Arterial qon tomirida qon bosimi venoz qon tomiriga nisbatan katta bo‘ladi. Tibbiy yordam ko‘rsatish oqayotgan qonning arterial yoki venozligiga qarab har xil bo‘ladi.


Jarohatlar, jarohat turlari
Teri qatlami, shilliq qavatlar yoki teri ostida joylashgan a’zolarning zararlanishiga jarohat deyiladi. Favqulodda vaziyatlar sharoitida shikastlarning asosiy qismini jarohatlar tashkil qiladi. Ular yuza va chuqur bo‘lishi mumkin. Jarohatning belgilari og‘riq, qon oqishi, terining tortilib ochilib qolishi va a’zo funksiyasining buzilishi hisoblanadi.
Jarohat turlari
Kesilgan (oyna siniqlari kesib ketishi)
Chopilgan (temir parchalari kesib ketishi)
Sanchilgan (temir bo‘algi, mix, oynalarning sanchilib qolishi)
Ezilgan (biror jism bosib qolishi)
Yirtilgan (biror jism bosib keyin sirg‘alib to‘qimalarni yirtib yuborishi)
Tishlangan (hayvonlar tishlashi)
O‘qotar qurol ta’sirida olingan (o‘qotar qurollarning o‘qlari, yoki portlashlar paytida temir va boshqa jismlarning tana to‘qimalari orasiga kirib ketishi)

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling