Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet8/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Ichki qon ketishi
Ichki qon ketishi qoringa zarb berilganda balandlikdan tushib ketganda va hakazolardan, jigar, taloqning yoki boshqa a’zoning yorilib ketishidan kelib chiqishi mumkin. Jabrlanuvchi qorin sohasidagi kuchli og‘riqqa shikoyat qilgan hollarda hamda u hushini yo‘qotgan hollarda ichki qon ketishi (qorin sohasiga qon oqishi) haqida o‘ylash mumkin. Bunday hollarda jabrlanuvchini yarim egilgan, tizzalari bukilgan holga keltirib, uning qorniga muz solingan polietilen paket qo‘ying, muz topilmasa namlangan latta qo‘ying. Bunday sovuq kompress 30 daqiqaga qo‘yiladi, keyin 30 daqaqa tanaffus qilib yana takrorlanadi. Shu tartibda jabrlanuvchi kasalxonaga etib borguniga qadar sovuq kompress qo‘yib boriladi. Bu vaqt davomida jabrlanuvchiga egulik berilmaydi, suyuqlik ichirilmaydi. Imkon darajasida tezroq kasalxonaga etkazishga harakat qilinadi.
Ko‘krak qafasiga qattiq zarb tekkanda plevra bo‘shlig‘iga qon ketishi mumkin. agar bunday zarbdan so‘ng jabrlanuvchi og‘ir nafas olayotgan yoki nafasi bo‘g‘ilayotgan bo‘lsa uni yarim o‘tirgan, tizzalari bukilgan holga keltirib ko‘krak qafasiga sovuq kompress qo‘yiladi.
Ko‘p qon yo‘qotgan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Ko‘p qon yo‘qotilganda tanada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi va bu o‘limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko‘p qon yo‘qotgan jabrlanuvchiga zudlik birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Qonni to‘xtatganizdan so‘ng (yoki qon o‘zi to‘xtaganidan so‘ng) jarohatga osib turuvchi bog‘lam qo‘ying, keyin uning nafas olishini engillatish uchun siqib turgan kiyimlarini bo‘shating (tugmalarni eching, kiyimning old qismini oching). Agar jabrlanuvchi hushida bo‘lsa va uning qorin sohasida jarohat bo‘lmasa unga shirin choy berib chalqancha yotqizing. Bunda uning oyog‘i boshiga nisbatan baland bo‘lishini ta’minlang. Bunday holat kislorod tanqisligiga eng chidamsiz bo‘lgan a’zo—miyaning qon bilan ta’minlanib turishini ta’minlaydi. Imkon darajada tez uni kaslxonaga etkazing.



Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling