Qon to‘xtatuvchi bog‘lam (jgut) qo‘yish
1. qon to‘xtatuvchi bog‘lam (jgut) katta arteial qon tomir jarohatlanganda qo‘yiladi.
2. qon ketishi qo‘lda bo‘lsa bog‘lam bilakning balandki uchligidan, oyoqlarda bo‘lsa soninng o‘rtasidan qo‘yiladi.
3. bog‘lam qo‘yilayotganda oyoq yoki qo‘l balandga ko‘tariladi. Bog‘lam tagiga yumshoq biror narsa o‘raladi (bint, mato) yoki kiyim ustidan qo‘yiladi.
4. bog‘lam qisib, biroq o‘ta qattiq qismasdan bog‘lanadi. Bog‘lam qo‘yilgan vaqt qog‘ozga yozib bog‘lamga qistirib qo‘yiladi.
5. bog‘lam 1 soat muddatga qo‘yiladi. Har 20 daqiqada bog‘lam 10-20 soniya muddatga bo‘shatib olinadi.
6. maxsus bog‘lov vositasi bo‘lmasa qo‘l ostidagi vositalardan — galstuk, ro‘mol, ro‘molcha, qayish va boshqalardan — foydalaniladi.
7. qo‘l yoki oyoq uzilib tushsa qon ketish ketmasligidan qat’iy nazar bog‘lam qo‘yiladi.
Esingizda bo‘lsin, bog‘lam arterial qon ketishida, avval a’zoni balandga ko‘tarib keyin qo‘yiladi. Tizzadan pastda va tirsakdan pastda bog‘lam qo‘yish hech bir samar bermaydi.
Qon to‘xtatishning boshqa usullari
A’zolarda siniqlar bo‘lmasa oyoq va qo‘llarni imkon darajasida bukish yo‘li bilan ham qonni to‘xtatsa bo‘ladi.
Tizzani oxirigacha bukish undan pastdagi arteial qonni to‘xtatadi. Bunda bukilgan joyda qon tomiri yaxshi siqilishini ta’minlash uchun qon tomiri o‘tgan joyga bint yoki mato o‘rami qo‘yiladi. Sonni qoringacha kuchli bukish sondan pastdagi arterial qonni to‘xtatadi.
Qonni to‘xtatish qoidalari
Qon ketganda quyidagi tartibda harakat qiling:
-jarohatni qon to‘xtaguncha barmoqlaringiz bilan bosing;
-qon ketayotgan a’zoni yuroqiga ko‘taring;
-bosib turuvchi bog‘lam qo‘ying;
-jabrlanuvchini chalqancha yotqizing;
-kimnidir tez yordam chaqirishga yuboring;
-agar charchasangiz atrofingizdagi biror kishidan barmog‘ingiz ustidan barmog‘i bilan bosib turishini so‘rang. Qon tomirini uzluksiz 20 daqiqa davomida bosib turish lozim, bu vaqt davomida jarohat atrofidagi qon tomirlarida tromb hosil bo‘lishga ulgurib qon ketishi kamayadi. Shundan so‘ng qonni to‘xtatish oson bo‘ladi.
Uyqu arteriyasidan qon ketganda jarohat zudlik bilan barmoq yoki musht yordamida bosiladi. Keyin jarohatga toza doka bosiladi. Bu usul tamponlash deb ataladi.
Jarohat bog‘langandan so‘ng jabrlanuvchiga suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan shifoxonaga etkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |