Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi
Kundalik turmushda uchraydigan zaharli moddalardan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari
Download 155.86 Kb.
|
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaharlanish oqibatlari.
- Zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari
Kundalik turmushda uchraydigan zaharli moddalardan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari
Zahar – Organizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yoki o‘limga olib keladigan har qanday modda. Zaharlanish — zaharli moddaning organizmga tushishi natijasida ma’lum patologik belgilar paydo bo‘lishi. Zaharlanish yo‘llari. Zaharli modda inson organizmiga to‘rt xil yo‘l bilan tushishi mumkin: ovqat hazm qilish a’zolari orqali; nafas yo‘llari orqali; teri orqali; in’eksiya orkali. Zaharlanish oqibatlari. Zaharlanish oqibatlari turli xil omillarga bog‘liq. Bular quyidagilar: zaharli modda (yoki oddiy modda) turi; zaharli modda mikdori; zaharlanish ro‘y bergan vaqt; zaharli modda bilan kontaktning davomiyligi; jabrlanuvchining fiziologik ko‘rsatkichlari (yoshi, vazni); organizmga tushish usuli. Demak, har qanday kimyoviy modda organizmda zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib spirtli ichimliklarni (ko‘p miqdordagi etil spirti zaharlanishga sabab bo‘ladi), pardoz-andoz vositalarini (tarkibida butil spirti mavjud), kundalik faoliyatda ishlatiladigan moddalarni (gaz, benzin, kerosin, antifriz va hokazo), sanoatda ishlatiladigan kimyoviy moddalarni (ammiak, xlor, sulfat kislota, xlorid kislota, azot kislotasi), insektitsidlarni (xlorofos, karbofos) va hokazolarni keltirish mumkin. Zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari Oddiy zaharlanishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish: jabrlanuvchini toza hududga, toza havoga olib chiqish, kiyimlarini va kamarini bo‘shatish. jabrlanuvchiga 4-6 stakan iliq suv ichirish; qo‘lni og‘ziga tiqib qustirish. Bu muolajani 5-6 marta takrorlash; Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish: zaharli moddaning organizmga tushishini bartaraf etish va jabrlanuvchini so‘rilib ulgurmagan zaharli moddalardan tozalash; a) jabrlanuvchining og‘zi va burnini zaharli moddadan tozalash, imkoni bo‘lsa og‘zini suv bilan chayish; b) jabrlanuvchining yuzini artib (yuvib) zaharli moddadan tozalash; v) jabrlanuvchining nafas yo‘llarini himoyalash (jabrlanuvchiga gazniqob kiydirish yoki niqob taqish); g) jarohatlarni birlamchi ko‘zdan kechirish; d) kuchli qon ketishda qonni vaqtincha to‘xtatish, siniqlarda singan suyakning surilib ketmasligini ta’minlash. jabrlanuvchini toza hududga olib chiqish; 2.1. toza hududda gazniqobni echish; 2.2. nafas yo‘llarini (og‘zini) qayta tozalash (yuvish); 2.3. kiyimlarga engil zaharli modda tekkanda kiyimlar va kamarni bo‘shatish; 2.4. kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tekkanda kiyimni butunlay echish; 2.5. jarohatlarni ikkilamchi ko‘zdan kechirish; 2.6. qonni to‘xtatish, singan joylarni harakatsizlantirish; 2.7. sanitar ishlov berish. zaharli moddani imkon darajasida tezroq organizmdan chiqarish; engil zaharlanishlarda 4-5 stakan suv ichirib qayt qildirish; kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda suv ichirmaslik; oshqozonga maxsus shlang (zond) yuborib 20 g. magniy sulfat qo‘shilgan 6-10l. iliq suv bilan yuvish; zaharni neytrallovchi moddalar yuborish (antidot); 4.1. aktivlangan ko‘mir ichirish; simptomatik va patogenetik davo. Birinchi tibbiy yordam zaharli modda turiga qarab amalga oshiriladi. Buning uchun moddaning kislota yoki ishqorlar toifasiga mansublini aniqlash lozim. O‘tkir zaharlanishda avvalo zaharning organizmga tushishini cheklash va organizmga tushgan zaharni chiqarib tashlash choralarini ko‘rish lozim. Nafas yo‘llari zaharlanganda jabrlanuvchiga gazniqob kiydirish va zararlangan hududdan olib chiqish kerak. Gazniqobni echgach, ko‘zlarni suv bilan yuvish, halqumni chayish kerak. Zahar teriga tushganda terini sovunlab yuvish kerak. Zahar ko‘zga tushganda 10-15 daqiqa davomida ko‘zlarni yuvish lozim. Zahar ichga ketganida oshqozonni yuvish zarur. Download 155.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling