Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet4/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Jarohatlarda birinchi yordam:
Umumiy qoidalar:
Jarohatlarda birinchi yordam uni bog‘lashdan iborat bo‘ladi. Agar jarohat chuqur bo‘lib undan qon oqayotgan bo‘lsa birinchi tibbiy yordam qonni to‘xtatishdan boshlanadi.
Bog‘lashda asosiy e’tibor nimaga qaratiladi?
Imkon darajasida jarohatga qo‘l bilan tegmaslik;
Imkon darajasida toza material, iloji bo‘lsa steril materialdan foydalanish;
Jarohat ustidagi kiyim, shu jumladan oyoq kiyimni echish (agar kiyim jarohatga yopishib qolgan bo‘lsa u atrofidan qirqib olinib jarohat ustidagi kiyim parchasi o‘z joyida qoldiriladi);
Jarohatga infeksiya tushishining oldini olish.
Jarohatga infeksiya tushishining oldini olish
Jarohatni bog‘lashda bizning asosiy e’tiborimiz unga infeksiya tushishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Jarohatga infeksiya tushishining oldini olishning dastlabki usuli bu jarohatni yuvishdir. Agar jarohatdan qon ko‘p ketmayotgan bo‘lsa u suv bilan iloji bo‘lsa sovunlab yuviladi. Agar antiseptik modda bilan yuvilsa yana ham yaxshi. Suv ayniqsa sovunli suv ko‘p hollarda kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarni yuvib tashlaydi.
Agar qon ketishi kuchli bo‘lsa bir ikki qavat qilib buklangan steril salfetka yoki boshqa bog‘lov vositasi (bint, doka, toza mato) jarohatga qo‘l bilan bosilib kamida 20 daqiqa ushlab turiladi.
Kuchli qon ketishida steril bog‘lov vositasi qidirishga ortiqcha vaqt sarflamaslik lozim.
Qon to‘xtatilgach yara atrofi dezinfeksiyalovchi modda 3%li perekis vodorod, 5%li spirtli yod, 70 yoki 96%li spirt yoki boshqa antiseptik modda bilan ho‘llangan bint, doka, yoki boshqa mato yordamida artiladi. Qon to‘xtagach jarohat steril salfetka bilan yopilib ustidan bint bilan qisib bog‘lanadi. Jarohat oyoq yoki qo‘lda bo‘lsa u ko‘tarib qo‘yiladi. Agar sinishga gumon qilinsa harakatsizlantiriladi. Qo‘l ostida dezinfeksiyalovchi modda bo‘lmasa jarohat toza mato bilan yopib qo‘yiladi, (paxta ishlatish mumkin emas).
Jarohatga yuzasiga yod, spirt tekkizish mumkin emas. Ular bilan faqat jarohat atrofi artiladi. Jarohat ustini artish og‘riqqa qon ketishiga shokka va boshqa asoratlarga hamda yaraning kech bitishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tuproq va boshqa iflosliklar bilan ifloslangan yuza jarohatlarda (tirnalgan yuza jarohat) tuproq bilan jarohatga qorason, qoqshol keltirib chiqaruvchi mikroblar tushishi mumkin shuning uchun bunday jarohatlarni tozalash, dezinfeksiyalash va qonni to‘xtatish uchun 3%li perekis vodorod bilan yuvish mumkin. Bunday ishlov berilgandan so‘ng jarohat bog‘lanadi. Tibbiyot muassasiga etkazilgandan so‘ng bu erda qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.
Bog‘lamni yaxshi tutib turish uchun elastik to‘r bintdan foydalanilanish lozim. Bu bint har bir aptechkada bo‘lishi shart.
Jarohatning ustiga steril salfetka qo‘yilib unga elastik bint kiydiriladi. Jarohatga qo‘yilgan steril salfetkani leykoplastir yordamida ham mustahkamlash mumkin. Leykoplastir krestsimon krestsimon yoki yulduzsimon qilib qo‘yilib salfetka chetidan 1,5-2 sm oshirib teriga yopishtiriladi. Yiringlab turgan yaraga hamda boshning sochli qismiga leykoplastir qo‘yish mumkin emas.
Katta yara va kuyishlarda katta va kichik steril bog‘lamlar qo‘l keladi. Qutqaruvchining aptechkasida analgin (og‘riqni qoldirish uchun) va korvalol (yurakni quvvatlash uchun) bo‘lishi shart. Jarohat olgan jabrlanuvchiga tibbiyot xodimlari etib kelguncha yoki shifoxonaga olib ketayotganda albatta 2 tabletka analgin, 30-40 tomchi korvalol va suv berish shart.
Shunday qilib qon to‘xtatiladi, jarohatga steril bog‘lam qo‘yiladi va yaxshilab (qisib) bog‘lanadi. Jabrlanuvchining hushi o‘zida bo‘lsa qo‘l ostidagi biror og‘riqsizlantiruvchi doridan beriladi. Masalan: 2 tabletka analgin va 40 tomchi korvalol solingan bir stakan suv.
Agar ichki a’zolar kasalligiga yoki ularning shikastlanganligiga gumon paydo bo‘lsa og‘riqsizlantiruvchi dorilarning hech biridan ichirish mumkin emas!
Voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmi:

  1. jarohat turi va og‘irlik darajasini aniqlash;

  2. qon ketishini to‘xtatish;

  3. og‘riqsizlantiruvchi dori berish;

  4. aseptik bog‘lam qo‘yish;

  5. harakatsizlantirsh;

  6. jarohatni sovutish, jabrlanuvchini isitish.


Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling