Fayllar. Org


-modda. Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish sohasidagi faoliyat


Download 369.69 Kb.
bet11/36
Sana25.02.2023
Hajmi369.69 Kb.
#1227872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
internetdan olingan ma\'lumotlar

15-modda. Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish sohasidagi faoliyat
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish tizimini tashkil etadigan va bu tizimga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, qayd etish, qayta ishlash, saqlash va taqdim etish qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish sohasidagi faoliyat deb hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi investitsiya instituti qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini saqlovchi (reyestr saqlovchi) deb ataladi.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining istalgan sanadagi holat bo‘yicha tuzilgan ro‘yxati bo‘lib, ularga qarashli egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlarning miqdori, nominal qiymati va toifasi ushbu ro‘yxatda ko‘rsatiladi.
Emitent yoki uning topshirig‘i asosida reyestr yuritish faoliyatini amalga oshiradigan investitsiya instituti reyestr saqlovchi bo‘lishi mumkin.
Agar qimmatli qog‘ozlar egalarining soni 500 dan oshib ketsa, reyestr saqlovchi reyestr yuritishga ixtisoslashgan mustaqil tashkilot bo‘lishi kerak.
Quyidagilar qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini saqlovchi bo‘la olmaydilar:
jismoniy shaxslar;
shu aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari bo‘lgan yoki uning aksiyalarini nazorat qiladigan yuridik shaxslar.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxs emitentning qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish tizimida ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlari yuzasidan bitimlar tuzishga haqli emas.
Reyestr yuritish haqidagi shartnoma faqat bitta yuridik shaxs bilan tuziladi.
16-modda. Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchining faoliyati
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagani holda boshqa shaxsning (qimmatli qog‘ozlar mulkdori yoki boshqa vakil qilingan saqlovchining) topshirig‘iga muvofiq o‘z nomidan aksiyalarni saqlaydigan shaxsdir.
Qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig‘i bilan va uning nomidan qimmatli qog‘ozlar yuzasidan bitimlar tuzuvchi banklar, depozitariylar (investitsiya fondi aksiyalaridan tashqari), investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchilar bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi boshqa shaxsning topshirig‘iga muvofiq o‘zi saqlayotgan qimmatli qog‘ozlar yuzasidan:
ushbu shaxs mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan hamma to‘lovlarni olishini ta’minlashga qaratilgan harakatlarning barchasini amalga oshirishi;
qimmatli qog‘ozlar yuzasidan bitimlar va operatsiyalarni faqat o‘ziga aksiyalarni saqlab turish haqida topshiriq bergan shaxsning topshirig‘iga muvofiq va u bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra amalga oshirishi;
boshqa shaxslarning topshirig‘iga ko‘ra o‘zi saqlab turgan qimmatli qog‘ozlar hisobini balansdan tashqarida alohida hisobvaraqlarda hisobga olib borishi va qimmatli qog‘ozlarni saqlab turish haqida topshiriq bergan shaxslarning talablarini qondirish maqsadida ushbu hisobvaraqlarda doimo yetarli miqdorda qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘lishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi qimmatli qog‘ozlar reyestrini saqlovchiga qimmatli qog‘ozlarni saqlash bo‘yicha topshiriq bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yilda kamida bir marta taqdim etib, qimmatli qog‘ozlar sonini va toifalari (turlari)ni ko‘rsatishi shart.
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi o‘z mijozlarining topshirig‘iga binoan saqlab turgan qimmatli qog‘ozlar nominal saqlovchining kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin emas.

Download 369.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling